"U istalgan klubni tanlashi mumkin edi, lekin biz bilan qoldi". Slot Salohning sadoqatidan xursand
11 apr 17:38
Yangiliklar


"U istalgan klubni tanlashi mumkin edi, lekin biz bilan qoldi". Slot Salohning sadoqatidan xursand
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot boshqa jamoalarning katta qiziqishiga qaramay, Muhammad Salohning klubda qolish qarori haqida fikr bildirdi.
"Umid qilamanki, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinda Saloh jamoadagi asosiy rolini yana bir bor isbotlaydi. U ajoyib futbolchi. Erkin agentligida dunyoning istalgan top-klubiga o'tishi mumkin edi, ammo Muhammad biz bilan qolishni tanladi va bu hurmatga loyiq", – dedi Slot.
"Liverpul" misrlik hujumchi bilan shartnoma uzaytirilganini 11 aprel kuni elon qildi. Yangi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Saloh "qizillar" safida 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum klub tarkibida 45 o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Вейналдум, Эмре Джан, Фирмино, Матип, Тьяго, Хендерсон, Окслейд-Чемберлен, Старридж, Кейта, Трент-Александр Арнольд ва хокозо