So’nggi yangiliklar

07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  0 06:50Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" йирик хисобда ғалаба қозонди  0 03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  10 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0 02:53А Серия. "Интер" "Болонья"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  10 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  12 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  10 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4

"U "Arsenal"ga muxlislik qilishini tan olgan". Angliya qirolichasi Elizaveta II va futbol - bitta narsa Yangiliklar

"U "Arsenal"ga muxlislik qilishini tan olgan". Angliya qirolichasi Elizaveta II va futbol - bitta narsa

Bir yo'la bir nechta dalillar.


Birmingem saroyidan qayg'uli xabar keldi — kecha 97 yoshida Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya qirolichasi Elizaveta II vafot etdi. 14ta mustaqil davlatning monarxi futbolni yaxshi ko'rardi.


Qirolicha futbol o'yiniga ilk bor 70 yil oldin borgan — birdan top-o'yinga!


Elizaveta yoshligida odamlar bilan ko'p chiqishmaydigan hisoblangan. Angliyada hatto yosh qirolicha odamlardan ko'ra ko'proq otlarni ko'proq sevishi haqida mish-mishlar yurgan. Sabab mantiqiy, ot sporti — aristokratlarning "ermagi". Xalqqa yaqin bo'lish uchun qiziqarli yurish o'ylab topishdi: davlat rahbarini futbolga taklif etishdi — birdan top o'yinga!



Qirolichani qanday o'yinga olib kelishdi? Albatta, Angliya Kubogi finaliga. 1953 yilda "Uembli"da 100 ming muxlislikning hayqirig'i ostida "Blekpul" va "Bolton" jamoalari kubok uchun kurash olib borishdi. "Bolton" g'alaba qozondi — Elizaveta g'oliblarga medallar va kubokni topshirdi. Futbolda paydo bo'lish britan auditoriyasida ajoyib qabul qilindi, Elizaveta esa tribunalarga ko'proq ko'tarilib turish kerakligini tushundi.



Elizaveta o'z uyida o'tgan JCH-1966dagi g'alabadan so'ng Angliyani mukofotladi va Sautgeytga maktub yozdi


Uchtalik kombo: jahon chempionati — Angliyada, finaldagi g'alaba — Angliyaniki, sovrinni qirolicha bermoqda — Angliya. Britaniya termasi 1966 yilning 30 iyulida ilk bor dunyodagi eng yaxshi (va hozircha oxirgi marta) jamoa deb topildi: musobaqa finalida GFR mag'lub etildi — 4:2, Jeff Xerst xet-trik qayd etdi. Tabiiyki, o'sha kunni barcha eslab qoldi. Elizaveta ham — u bu haqda Garet Sautgeytga Evro-2020 finali oldidan xatida yozdi:


"55 yil oldin menga Jahon kubogini Bobbi Murga berish va JCH finali futbolchilar, murabbiylar va xodimlar uchun nimani anglatishini ko'rish baxtli qilgandi. O'zim va butun qirollik oilasi nomidan Angliya terma jamoasini Evro finaliga chiqqani bilan tabriklayman va eng yaxshi tilaklarni tilayman. Umid qilamanki, finalda tarix nafaqat muvaffaqiyatingizni, balki bu qiyin yo'lda ko'rsatgan ruh, odillik va g'ururingizni ham bayon etadi".


Elizaveta sirlicha "Arsenal"ga muxlislik qilgan — Sesk Fabregasni yoqtirardi!


Qirolichaning kimga muxlislik qilishini bilish britan tabloidlarining orzusi edi. Hatto Bukingem saroyi ishchilari monarxning futboldagi qiziqishlari haqida gapirishlari uchun ularga pora berishgacha etib bordi. "Miluoll" va "Vest Xem" haqida yozishdi, ammo malumot tasdiqlanmadi. 2006 yilda Elizaveta II'ning "Arsenal"ning yangi stadioni ("Emireyts")ni shaxsan ochishni juda ham xohlagani malum bo'ldi, ammo sog'ligidagi muammo sabab buni qila olmadi.


Qirolicha bunga uzr sifatida jamoani mehmonga taklif etdi, u bilan suhbatdan so'ng Sesk Fabregas aytdi: "Elizaveta anchadan beri "Arsenal"ga muxlislik qilishini tan oldi. Bu borada davlat rahbaridan izoh olishning uddasidan chiqa olmasliklari qiziq. SHunday ekan, bu haqiqatmi yoki yolg'on, buni faqat Ispaniya terma jamoasining sobiq yulduzi biladi.


"Arsenal" himoyachisi qirolicha uchun faoliyatini yakunlashga tayyor edi!


Bukingem saroyidagi uchrashuvda "Arsenal"ning yangi bir o'yinchisi bor edi. Emmanuel Ebue The Guardian nashriga bergan intervyusida bu voqea haqida aytib berdi:


"Kelganimizda Terri Anri mendan ortiqcha g'alati nimadir demaslikni va qirolicha bilan hazillashmaslikni so'radi. Men buni qilmaslikka vada berdim. Elizaveta barchaning qo'lini siqib ko'rishayotganda, uning yoqimtoy saroy kuchuklarini payqadim. U mendan ishlarim qandayligi haqida so'raganida gapirib yubordim: "Ortiq futbolchi bo'lishni xohlamayman, sizning kuchuklaringizga g'amxo'rlik qilishni xohlayman!" Barcha kulib yubordi!"



Britaniya tojining vorisi ham futbolni yaxshi ko'radi — lekin boshqa klubga muxlislik qiladi


Elizavetadan so'ng taxtga uning o'g'li shahzoda CHarlz o'tirishi kerak. Jurnalist ingliz taxti vorisi kimga muxlislik qilishini bilishmaydi, ammo Daily Mirror va The Sun'ga ishonadigan bo'lsak, bo'lajak qirol "Byornli"ning muxlisi. Noodatiy!



Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика