So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  3 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  15 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

U-23 Osiyo Kubogining eng yaxshi futbolchilari. Ro'yxatdan O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar futbolchisi joy olgan Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogining eng yaxshi futbolchilari. Ro'yxatdan O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar futbolchisi joy olgan

U-23 Osiyo Kubogi yakuniga etib bormoqda.

Bugun 3-o'rin uchun o'yinda Avstraliya va Yaponiya o'zaro bellashdi. Unda yaponiyaliklar 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi.

Ertaga O'zbekiston hal qiluvchi o'yinda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Turnir yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, o'zini yaxshi taraflama ko'rsatgan va boshqalardan yaqqol ajralib turgan futbolchilar ro'yxatini tuzishga qaror qildik.

10. Begenchmirat Murodov (Turkmaniston) — 3 ta o'yin, 2 ta gol

Murodov Turkmaniston terma jamoasining ushbu turnirdagi bosh qahramoni hisoblanadi. Uning sharofati bilan ilk bor yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogida ishtirok etgan jamoa guruhdan chiqishga muvaffaq bo'ldi. Begenchmirat Qatar bilan hal qiluvchi bahsda ikkita gol urdi. Uchrashuv durang (2:2) bilan yakunlandi va Turkmaniston o'z guruhida Eron va Qatarni ortda qoldirib, ikkinchi o'rinni egalladi. 


9. Supanat Mueanta (Tailand) — 2 ta o'yin, 3 ta gol

Tailand pley-offga chiqa olmadi, biroq Mueanta urilgan gollar soni bo'yicha hamon turnir peshqadamlari qatorida. Qolaversa, u sog'lig'i sababli Janubiy Koreya bilan uchrashuvni o'tkazib yuborgan holda, ikkita o'yinda uchta gol urdi. Supanat tezkor, texnik taraflama kulchi hujumchi, u ham markazda, ham hujum qanotida o'ynay oladi. U o'z vatanida "Buriram Yunayted" safida to'p tepadi va mamlakatning asosiy terma jamoasida bir necha o'yin o'tkazgan.


8. Ayman Yahyo (Saudiya Arabistoni) — 5 ta o'yin, 3 ta gol

Yahyo ham Mueanta kabi U-23 Osiyo Kubogida uchta gol urdi. U ko'p qirrali hujumchi bo'lib, tezlik, texnika va zarba berishda ustunlikka ega. Turnirda har bir uchrashuvda o'rtacha 1,6 ta zarba, 37 ta pas (82% aniq), 2 ta muvaffaqiyatli zarba va 1,2 ta zargarona uzatmani amalga oshirdi. Yahyo "Al Ahli" klubida o'ynaydi. Transfermarkt portali uni 800 ming evroga baholamoqda.


7. Hojimat Erkinov (O'zbekiston) – 5 ta o'yin, 1 ta gol, 2 ta golli uzatma

Joriy mavsum Erkinov uchun omadli kelmadi. Uning faoliyati sezilarli darajada pasayib ketdi: Deylik, o'tgan yili "Paxtakor" safida 29 ta o'yinda 8 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan bo'lsa, bu yil 16 ta uchrashuvda 2 ta to'p kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo U-23 Osiyo Kubogi Hojimat hali ham yuqori saviyali futbolchi ekanligini isbotladi. Erkinov ushbu turnirda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi etakchilaridan biri ekanini ko'rsata oldi. Qatar bilan bo'lib o'tgan o'yinda kiritilgan oltita to'pdan uchtasini aynan u tashkil qildi (1+2). Yaqinda unga RPL klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.


6. Yuito Suzuki (Yaponiya) — 5 ta o'yin, 3 ta gol

Suzuki Yaponiya terma jamoasiga yarim finalga chiqishga yordam berdi. CHorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda u dubl qayd etdi (3:0), guruh bosqichida Birlashgan Arab Amirliklari darvozasiga yana bir gol urdi. Instat malumotlariga ko'ra, Yuitoning xG (kutilayotgan gollar) 0,22 edi. Oddiy qilib aytganda, u keragidan ortiq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Suzuki har bir uchrashuvda o'rtacha zarbalar soni (5) bo'yicha ham turnirdagi eng yaxshi ko'rsatkichlardan birini qayd etib turibdi.


5. Anri CHase (Yaponiya) — 4 ta o'yin

Yaponiya terma jamoasi O'zbekiston bilan to'qnash kelguniga qadar turnir favoritlaridan biri edi. Yarim finalgacha yaponiyaliklar to'rtta o'yinda faqat bitta gol o'tkazib yuborishdi. Bu esa CHase uchun katta yutuq hisoblanadi.  U himoyada ishonchli harakat qildi. 

Qolaversa, Anri birinchi pasni qoyillatadi. U musobaqa davomida bir necha bor jamoasining hujumlarini boshlab berdi.


4. Abdurauf Bo'riev (O'zbekiston) — 4 ta o'yin

Futbol ishqibozlari bazida yarim himoyachilarning qanday harakat qilishiga etibor qaratishmaydi. Biroq O'zbekiston terma jamoasida ular o'zlarining "ko'rinmas qahramoni" Abdurauf Bo'rievni topdilar. U Eron bilan uchrashuvdan tashqari barcha o'yinlarda maydonga tushdi. Bo'riev to'pni raqibdan olib qo'yish, o'zida saqlab turish va jamoaning o'yinini boshqarishda juda mahoratli. Abdurauf yana bir yarim yil shu saviyada o'ynashda davom etsa, mamlakatning asosiy terma jamoasiga taklif olishi mumkin.


3. CHo Yun Vuk (Janubiy Koreya) — 4 ta o'yin, 3 ta gol, 1 ta golli uzatma

Ayni damda koreyalik "gol+pas" tizimi bo'yicha turnirning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Uning hisobida uchta gol va bitta golli uzatma bor. CHo Yun Vuk allaqachon yangi bosh murabbiy, portugaliyalik Paulo Bentu qo'l ostida Janubiy Koreya terma jamoasida debyut qilgan. Qizig'i shundaki, CHo bilan ICM Stellar Sports agentligi shug'ullanadi. Mazkur kompaniya mijozlari orasida Jek Grilish, Eduardo Kamavinga, Jeremi Pino va boshqa mashhur o'yinchilar bor. Bunday yordam bilan CHo Yun Vuk Evropaga ketishi mumkin.


2. Joel Fujita (Yaponiya) — 4 ta o'yin

Fujita mazkur musobaqada Yaponiya terma jamoasining asosiy o'yinchiga aylandi. U xuddi Bo'riev kabi tayanch yarim himoyachidir. Joel har bir o'yinda to'plar (3,6), to'xtatib turish (5), dribling (3,2), shuningdek, g'alaba qozonilgan yakkakurashlar (58%) va to'p uzatishlar (87%) bo'yicha ajoyib raqamlarni ko'rsatdi. 


1. Jasur Jaloliddinov (O'zbekiston) — 5 ta o'yin, 3 ta gol

Jaloliddinov jahldorlik va sheriklar bilan to'pni bo'lishishni istamaslik kabi kamchiliklariga qaramay, turnirning eng yaxshi futbolchisi sanaladi. U musobaqa mobaynida yorqin futbol ko'rsatdi va eng muhim gollarni  urdi: dastlab Qatar darvozasini ishg'ol qildi, chorak finalda Iroq bilan penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. So'ngra Yaponiya bilan yarim final bahsida sanat asarini yaratdi.  

Umid qilamizki, Jasur Saudiya Arabistoni darvozasiga yana kamida bitta gol urib, termamizga Osiyo Kubogi U-23 musobaqasida g'alaba qozonishiga yordam beradi.

Nikolay Egorichev tayyorladi

Samandarbek tarjima qildi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика