So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

U-23 Osiyo kubogi saralashi. Afg'onistonga 8 ta to'p kiritgan O'zbekiston Gongkongga 10 ta gol sovg'a qildi Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi saralashi. Afg'onistonga 8 ta to'p kiritgan O'zbekiston Gongkongga 10 ta gol sovg'a qildi

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O'zbekiston uchrashuvi yakunlandi.

U-23 Osiyo Kubogi saralashi

2-tur

Gonkong – O'zbekiston 0:10

Hakamlar: Hanna Hattab (Suriya), Ali Ahmad (Suriya), Bang Gieol (Koreya Respublikasi), CHae Sangxeop (Koreya Respublikasi) 

Nazoratchi: Uolter Edvard (Hindiston)  

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)

Gollar: 0:1 — 6, Husayn Norchaev, 0:2 — 25, Abbos Fayzullaev, 0:3 — 28, Alisher Odilov, 0:4 — 57, Umarali Rahmonaliev, 0:5 — 59, Husayn Norchaev, 0:6 — 68, Husayn Norchaev, 0:7 — 74, Yip CHeuk (avtogol), 0:8 — 83, Ulug'bek Hoshimov, 0:9 — 88, Ulug'bek Hoshimov, 0:10 — 90+4, Ulug'bek Hoshimov.

Gonkong: 1.Ng Vai, 3.Li Lok (13.Prabhat Gurung, 64), 4.Leung Yau, 5.CHang Yun, 6.Yip CHeuk, 7.Lau Kvan, 8.CHeng CHun, 9.Lau Ka, 12.Lam Lok (16.CHun Ngo, 64), 14.YU Jesse (15.Lai Xo, 72), 23. Korani Krisna (2.Lav CHeuk, 80)

Zaxira: 18.Maykl Van, 19.Pong CHeuk, 10.Ichikava Sohgo, 11.Vong Ho, 17.Yim Kai, 21.Ho Lung, 22.Tsang Ellison 

O'zbekiston: 1.Abduvohid Nematov (s), 3.Abduqodir Husanov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 8.Ibrohim Ibragimov (10.Jasur Jaloliddinov, 46), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (20.Ruslan Jiyanov, 46), 14.Abbosbek Fayzullaev (7.Hojimat Erkinov, 71), 15.Umarali Rahmonaliev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchaev (9.Ulug'bek Hoshimov, 71), 22.Alisher Odilov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 21.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odil Abdumajidov, 13.Mahmud Mahamadjonov, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Diyor Xolmatov, 23.Abdurauf Bo'riev.

Ogohlantirish: Yip CHeuk (42)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! O'yinni Oqil Abdubarnoev matnli ko'rinishda sharhlab bordi.

90+4. GOL deyaverib lorga ishim tushadigan bo'ldi, Hoshimov esa jamoasining gollari sonini ikki xonali songa etkazdi! Gongkong darvozasini men qo'riqlaganimda ham bundan kamroq gol o'tkazardim.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. Meni bir savol qiynayapti: Abduvohid Nematov haliyam joyida turibdimi yoki birinchi bo'limdan keyin Yandeksda kirakashlik qilgani chiqib ketdimi?

88. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! O'zbekiston kelajakda buncha gol urishini bilganimda, bolalikda matematika darsidan qochmagan bo'lardim! 

83. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Hoshimov!!! Iltimos, sekinroq gol uringlar, yozib olay!

80. Stadionga tashrif buyurgan (ehtimol, tashrif buyurishga majbur etilgan) talabalar (odatda, endi poytaxt havosidan nafas ola boshlagan 1-kurslar) shuncha golni tekinga tomosha qilishganidan norozi bo'lishmasa kerak.

77. Oldindan gol deb yozib qo'ymoqchiman, chunki hammasini sahifaga kiritishga ulgurolmay qolyapman.

74. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Gongkonlik futbolchi gol urishda darvozalarni adashtirib qo'ydi! Nima bo'lgan taqdirda ham, raqiblarimiz maydonni golsiz tark etmaydigan bo'ldi! 0:7!

71. Terma jamoamiz tarkibida yana ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

68. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Husayn Norchaevdan xet-trik! Bugun chap qanotdayam Norchaev, o'ng qanotdayam Norchaev, markazdayam Norchaev, gol uradigan ham Norchaev. Nima balo, maydonda 11 ta Norchaev o'ynayaptimi?!

68. Jaloliddinov zarbasidan so'ng deyarli barcha klipimizda takrorlanadigan sevgilisidan ayrilib qolgan yigit singari boshini changallab qoldi.

64. Gongkong tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

62. Gongkong terma jamoasida ikki vakil alohida ko'zga tashlangan holda faol harakat qilishmoqda. Birinchisi — birinchi shifokor, ikkinchisi — ikkinchi shifokor.

59. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Norchaev jamoasining gollari sonini qo'limdagi barmoqlarim soniga tenglashtirdi! 


57. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Rahmonaliev penaltidan unumli foydalanib, hisobni 0:4 ga etkazdi!

56. Fayzullaevni ikki xil usulda to'xtatish mumkin: birida yiqitib, ikkinchisidayam, o'ylab qarasam, qizil kartochka berilarkan. 

54. Yaqin bir oy ichida kuchli kelayotgan yumaloq predmetni bexato ilib oladigan ikki mohir kishini ko'rdim. Biri qishloqdagi molxona tomida turib, pastdan otilayotgan loy guvalani epchillik bilan tutib oladigan usta Otabek aka bo'lsa, ikkinchisi Abduvohid Nematov.

46. Gonkongda almashtirish: Yip CHeuk o'rniga Vong Ho maydonga tushdi. 

46. O'zbekiston tarkibida 2 ta o'zgarish: Jo'raqo'ziev o'rniga Jiyanov, Ibragimov o'rniga Jaloliddinov o'yinga qo'shildi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffusda futbolchilar murabbiydan kerakli ko'rsatmalarni olishadi. Menga esa hozir ko'rsatma emas, suv kerak.

45+3. Husanov "Lans" Instagramini bezab beradigan gol urishiga bir bahya qoldi.

45. Birinchi bo'limga maktabda faqat guruh sardorimiz ola biladigan bahoga teng daqiqa qo'shib berildi. 

42. Yip CHeuk raqibdan qo'pollik bilan bo'lsa-da, to'pni tortib oldi, biroq hakamning yuqoriga ko'tarilgan qo'lidagi kartochkasini olib qo'yishga bo'yi ham, qurbi ham etmadi.

40. Ekran orqali Gongkong murabbiyining bloknotiga nimanidir qoralayotganini guvohi bo'ldik. U yuz qiyofasidan yo'l chetida taqiqlangan joyga to'xtatilgan avtomobil raqamlarini kiritayotgandek tuyuldi.

35. Odilovning zarbasi raqib qo'riqlayotgan darvozaning peshonasini g'urra qildi.

32. Lau Kvan shikastlandi. Uning o'z jarohatiga davo topishi uchun tanaffusda 15 daqiqa televizorda reklama tomosha qilishi kifoya.

28. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Odilov 11 metrli nuqtadan hali ikkinchi golni hazm qilishga ulgurmagan raqibga desert tuhfa qildi! 

27. Korani Krisna o'z jarima maydonida voleybolga xos harakat qilgani uchun jarima zarbasi belgilandi.

25. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Fayzullaev!!! Hammasi yaxshi-yu, kechqurun atrofingda pashshalar uchib yurgani yomon, ayniqsa, gol deb baqirishgayam cho'chiydi odam.


22. Gongkong futbolchisi Jo'raqo'zievga tegishli 11-raqamdan bittasini esdalikka olib qolib, uni darvozabonga aylantirib qo'ymoqchi bo'ldi, ammo Otabekning libosi u o'ylaganchalik sifatsiz darajada emasdi.

18. Norchaevning zarbasidan so'ng Gong Kong darvozaboni yurtdoshlari minnatdorchilik bildiradigan, ammo kiyimlar tozaligiga javobgar sanitar xodimining g'azabiga duchor bo'ladigan harakat amalga oshirdi.

15. Odilovning bosh bilan yo'llagan zarbasi basketbol maydonida aniq golga aylanardi.

10. Fayzullaev raqib jarima maydonida yiqitildi, ammo shu lahzada hakam "Clash of clans" o'ynayotgandi, menimcha.   

9. Gongkong futbolchisi maydon markazida raqibini aldashga ko'zi etmagach, ortga qaytib, hakamni aldadi va o'zini-o'zi xursand qilib qo'ydi.

6. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Norchaev hisobni ochdi! To'g'ri, ovozim yoqimli emas, lekin yonimda o'tirganlar bundan ranjishmaydi, degan umiddaman. Axir, terma jamoamiz hisobda oldinga chiqib oldi!

3. Gongkong zaxira futbolchisi to'p keltiradigan bolakaylar safiga qo'shilib, Fayzullaevning burchak zarbasini amalga oshirishi uchun sharoit yaratdi.

1. Bosh hakam YPXda ishlaydigan qo'shnimning ko'p qo'llaydigan harakatlaridan birini amalga oshirib, uchrashuvni boshlab berdi.




Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun Gongkong futbolchilari qizil, hamyurtlarimiz oq rangli libosda harakat qiladi.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Olimpiya terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashga tayyormisiz?

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика