U-23 Osiyo chempionati. Saralashdagi raqiblarimiz: BAA, Livan va Nepal
17 mar 2017 12:37
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati. Saralashdagi raqiblarimiz: BAA, Livan va Nepal
Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK)ga azo 40 mamlakat terma jamoasi G'arbiy va SHarqiy mintaqaga bo'lingan holda qurada ishtirok etdi. Qura natijasiga ko'ra, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 termasi “D” guruhidan joy olib, saralash bosqichida BAA, Livan va Nepal termalariga qarshi bahs olib boradi.
2018 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-22 termasining saralash uchrashuvlari Birlashgan Arab Amirliklarda bo'lib o'tadi.
Guruh bosqichida 1-o'rinni egallagan 10 terma jamoa hamda 2-pog'onani egallagan eng yaxshi 5 jamoa final bosqichi mezboni – Xitoyga qo'shiladi. Agar Xitoy o'z guruhida birinchi o'ringa ega bo'lsa, 2-o'rinni egallagan eng yaxshi 6-jamoa final bosqichiga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Musobaqaning final bosqichi esa 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladi.
Fikrlar