U-23 Osiyo chempionati. CHorak final bahslari qachon bo'lib o'tadi? (taqvim)
16 jan 2020 20:39
Yangiliklar


U-23 Osiyo chempionati. CHorak final bahslari qachon bo'lib o'tadi? (taqvim)
Xabaringiz bor, bugun Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finaliga yo'l olgan barcha ishtirokchilar nomi malum bo'ldi.
O'zbekiston OTJ ushbu bosqichda BAA futbolchilariga qarshi to'qnash keladi va mazkur o'yin 19 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:15da Bangkokdagi "Rajamangala" o'yingohida bo'lib o'tadi.
1/4 finalning to'liq taqvimi esa quyidagi ko'rinishda:
18 yanvar, 15:15. Saudiya Arabistoni – Tailand
18 yanvar, 18:15. Avstraliya – Suriya
19 yanvar, 15:15. J,Koreya – Iordaniya
19 yanvar, 18:15. O'zbekiston – BAA
Malumot o'rnida, musobaqaning yarim final bahslari 22 yanvar, uchinchi o'rin uchun o'yin 25 yanvar hamda hal qiluvchi bellashuv (final) 26 yanvar sanasiga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar