U-23 Osiyo chempionati. Avstraliya kichik kambek ko'rsatib, mezbon Tailanddan ustun keldi
11 jan 2020 20:10
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati. Avstraliya kichik kambek ko'rsatib, mezbon Tailanddan ustun keldi
23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati “A” guruhidan o'rin olgan 2 tur o'yinlari o'z yakuniga etdi.
Biroz oldin, Avstraliya hamda musobaqa mezboni Tailand o'rtasidagi qiziqarli to'qnashuv bo'lib o'ttdi.
Garchand mazkur bahsdagi hisob maydon egalari hujumchisi Anon Amornlerdsak tomonidan ochilgan bo'lsa ham “yashil qita” vakillari Nikolas D'agostino dubli evaziga muvozanatni o'z tomonlariga og'dirishdi va uch ochkoni qo'lga kiritishdi.
Avstraliya – Tailand 2:1 (1:1, 1:0)
“Radjamangala” o'yingohi.
Gollar: Amornlerdsak 24, D'agostino 43, 76.
Fikrlar