U-23 Osiyo chempionati. 1-turdan keyin "A" guruhidagi vaziyat
08 jan 2020 21:28
Yangiliklar


U-23 Osiyo chempionati. 1-turdan keyin "A" guruhidagi vaziyat
Bugun Tailandda U-23 Osiyo chempionati start oldi.
Dastlabki kun "A" guruhidan o'rin olgan ikkita uchrashuv o'tkazildi.
Musobaqaning ilk uchrashuvida Iroq va Avstraliya terma jamoalari 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Ikkinchi o'yinda mezbon Tailand Bahraynga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0.
SHu tariqa, 1-turdan so'ng Tailand o'z guruhida yakka peshqadam bo'lib oldi.
2-tur bahslari 11 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Unda Bahrayn Iroq bilan, Avstraliya esa Tailand bilan to'qnash keladi.
U-23 Osiyo chempionati haqida nimalarni bilish kerak? (+to'liq taqvim)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar