So’nggi yangiliklar

09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  0 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  1 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  5 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  11 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  1 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  26 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  23 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  2 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  10 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  10

U-21 va U-18 larda nechanchi yillar o'ynaydi? Yangiliklar

U-21 va U-18 larda nechanchi yillar o'ynaydi?

U-21 ligasida bu yil yoshi eng katta futbolchi 1999 yilda tavallud topgan bo'lishi kerak.

Aqllik klublar safi esa allaqachon 2001-2003 yillarda tavallud topgan futbolchilar bilan to'ldirilgan. CHunki 21 yoshli futbolchilarni to'liq olib yurishdan naf yo'q. “Paxtakor“, “Lokomotiv“, “Nasaf“, “Bunyodkor“ va bu yildan boshlab “Metallurg“ va “Navbahor“ ham shu yo'lni tanladi. Qolgan jamoalar qanday tartibda hozircha bilmayman, buni yakuniy ro'yxat elon qilinganidan so'ng aytish mumkin. “Navbahor“ni esa 2 nafar 2004 yilda tavallud topgan futbolchini kengaytirilgan tarkibga jalb qilganligini ham takidlab o'tish lozim.

Keyingi yillarda U-21 va U-18 qanday tartibda shakllanadi.

2020 — 1999/04 (2001. 2 nafar majburiy)
2021 — 2000/05 (2002)
2022 — 2001/06 (2003)
2023 — 2002/07 (2004)
2024 — 2003/08 (2005)
2025 — 2004/09 (2006)
2026 — 2005/10 (2007)
2027 — 2006/11 (2007)

U-18 ligasini uy safar tizimiga o'tkazganligi PFLning eng to'g'ri qarorlaridan biri bo'ldi. Bari bir klublarni majburlamasa ular qaramaydi. Endi bu jamoalarni moliyalashtirish uchun qaysidir futbolchidan tejaydi yoki rahbar o'z maoshini kamaytiradi. Xullas uning ishi. Lekin bu kelajak uchun juda kerakli musobaqa.

2020 — U 18 2002/03
2021 — U 18 2003/04
2022 — U 18 2004/05
2023 — U 18 2005/06
2024 — U 18 2006/07
2025 — U 18 2007/08
2026 — U 18 2008/09
2027 — U 18 2009/10

P.S:
Joriy mavsum ishi to'g'ri yo'lga qo'yilgan klublarning U-18 ligasida asosan U-21 ga kira olmagan 2002/03 yilda tug'ilgan futbolchilar to'p tepadilar.

Yangi mavsumda insofli, totalizator o'ynamaydigan, kelishmaydigan, hakamlar bilan muomula qilmaydigan erkak jamoalarga omad!


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика