U-21 Birinchiligi. "Nasaf" o'z maydonida 18 yoshli futbolchilarga mag'lub bo'ldi, An esa Pyatnickiyga yutqazdi
02 mar 2024 18:08
Yangiliklar
U-21 Birinchiligi. "Nasaf" o'z maydonida 18 yoshli futbolchilarga mag'lub bo'ldi, An esa Pyatnickiyga yutqazdi
Qarshida Botir Qoraev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi Qahramon Mahamadjonov qo'l ostidagi "Olimpik"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu yildan etiboran "Olimpik" U-21 jamoasi safida "Odil Junior" akademiyasida tarbiya topgan 17-18 yoshli futbolchilar o'ynashadi.
Malumot uchun, "Nasaf" U-21 asosiy tarkibining o'rtacha yoshi 20,6 bo'ldi. "Olimpik"da esa bu ko'rsatkich 18ni tashkil etdi.
Yana bir o'yin Namanganda kechdi. Unda Dmitriy An qo'l ostidagi "Navbahor" U-21 Andrey Pyatnickiy boshchiligidagi "Dinamo" U-21ga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
U-21 Birinchiligi, 1-tur
"Nasaf" - "Olimpik" 1:2
Gollar: Zafarmurod Abdirhmatov 42 - Oybek O'rmonjonov 45+1 penalti, Samandar Qodirov 48.
"Navbahor" - "Dinamo" 1:2
Gollar: SHodiyor SHodiboev 10 - Xurshidbek Ubaydullaev 70, Oybek Hamraqulov 76.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar