U-21 Birinchiligi. Buxoro - Bunyodkor uchrashuvi qoldirildi
13 avg 2020 17:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/586586_original.jpg)
![](/upload/storage/586586_220.jpg)
U-21 Birinchiligi. Buxoro - Bunyodkor uchrashuvi qoldirildi
Malumki, Superliga o'yinlari bilan bir qatorda Yoshlar ligasi bahslari ham markazlashgan tartibda o'tkaziladi.
Aniqrog'i, har ikkala musobaqaning birinchi davrasi markazlashgan tartibda yakunlanadi. Superligadan farqli ravishda Yoshlar ligasi jamoalari o'z o'yinlarini «Bunyodkor» akademiyasining suniy qoplamali maydonlarida o'tkazadi. O'yinlar odatdagidek Superliga o'yinidan bir kun avval bo'lib o'tadi.
Ertaga Superliganing 9-turidan qoldirilgan «Buxoro» - «Bunyodkor» o'yini bo'lib o'tadi. Tabiiyki, bugun jamoalarning o'rinbosarlari o'zaro hisob-kitob qilishi kerak edi. Biroq mazkur qarama-qarshilik qoldirildi. Rejaga ko'ra, Yoshlar ligasining 9-turidan qoldirilgan «Buxoro» - «Bunyodkor» o'yini 30 avgust kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar