So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  21 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

U-21 Birinchiligi. 1-davra yakuni. Lokomotiv - peshqadam! Yangiliklar

U-21 Birinchiligi. 1-davra yakuni. Lokomotiv - peshqadam!

Timur Kapadze boshchiligidagi Lokomotiv U-21 jamoasi birinchi davrani 28 ochko bilan peshqadam sifatida tugatdi.

Buning uchun «Loko» yoshlariga 8 g'alaba va 4 durang kifoya qildi. Yosh «temiryo'lchilar» mavsumning dastlabki bahsini safarda «Paxtakor» U-21 jamoasini 3:0 hisobida engish bilan boshlashdi. SHundan so'ng ketma-ket ikkita o'yinda durang qayd etildi. 

4-turga kelib AGMK 1:0 hisobida mag'lub etilgach, keyingi ikkita bellashuvada yana omad kelmadi. 9-turdan boshlab «Lokomotiv» futbolchilarini to'xtatishning imkoni bo'lmadi. Timur Kapadze shogirdlari qatorasiga beshta uchrashuvni g'alaba bilan yakunlashdi. Mana shu o'yinlardan ikkitasi yirik hisobda yakun topdi. 

«Loko» futbolchilari 9-turda «Bunyodkor»ni 5:0 va 11-turda «Surxon»ni 9:0 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqishdi. Jamoa oxirgi besh o'yinda 19ta to'p kiritib, o'z darvozasidan atigi bitta gol o'tkazib yubordi. Umumiy hisobda esa to'plar nisbati 27-5 ko'rinish oldi.

«Lokomotiv» U-21 jamoasining birinchi davrada qayd etgan natijalari: 

1-tur. «Paxtakor» - «Lokomotiv» 0:3
Gollar:
Mamur Ikromov (penalti), Akbar Qo'chqorov, Vladislav Fomin. 

2-tur. «Lokomotiv» - «Navbahor» 0:0 

3-tur. «Lokomotiv» - «Andijon» 0:0

4-tur. «Lokomotiv» - AGMK 1:0 
Gol: Mirzohid Qo'chqorov

5-tur. «Buxoro» - «Lokomotiv» 1:1 
Gol: Javohir Alijonov 

6-tur. «Lokomotiv» - «Qizilqum» 0:1

7-tur. «Lokomotiv» - «Qo'qon-1912» 2:1 
Gollar: Akbar Qo'chqorov, Vladislav Fomin. 

8-tur. «Metallurg» - «Lokomotiv» 1:1
Gol:
SHohruh Mo'minqulov

9-tur. «Lokomotiv» - «Bunyodkor» 5:0
Gollar:
Azizbek Amonov (penalti), Avazbek O'lmasaliev, Mirzohid Qo'chqorov, Javohir Alijonov, Fozilxon Abdullajonov. 

10-tur. «Nasaf» - «Lokomotiv» 1:2
Gollar:
Javohir Alijonov, Jaloliddin Jumaboev. 

11-tur. «Lokomotiv» - «Surxon» 9:0
Gollar:
Mirzohid Qo'chqorov, SHohruh Mo'minqulov, Jaloliddin Jumaboev (2ta), Umar Adhamzoda, Vladislav Fomin, Asadbek Islomov, Sanjar Ahadov (2ta). 

12-tur. «Dinamo» - «Lokomotiv» 0:2
Gollar:
Vladislav Fomin, Akbar Qo'chqorov. 

13-tur. «Lokomotiv» - «So'g'diyona» 1:0
Gol:
Javohir Alijonov.

«Lokomotiv» U-21 birinchi davrada eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'ldi. O'z maydonida ochko yig'ish bo'yicha ham «Lokomotiv» birinchi o'rinni egalladi. «Temiryo'lchilar» uydagi o'yinlarda 17 ochko to'plashdi. Qolgan 11 ochko safardagi bahslarda qo'lga kiritildi. 

Safarda beshta o'yin o'tkazgan futbolchilarimiz shundan uchtasida zafar quchib, ikki bor durang qayd etishdi. Safar uchrashuvlarida to'plar nisbati 9-3. Qizig'i shundaki, «Lokomotiv» yoshlari safarda yutqazmagan yagona jamoa bo'lishdi.

Fomin va Alijonov - qo'shaloq to'purar!

«Lokomotiv» U-21 safida eng ko'p gol urganlar hujumchi Vladislav Fomin bilan yarim himoyachi Javohir Alijonov bo'ldi. Har ikkala futbolchi birinchi davra o'z hisobiga to'rttadan gol yozib qo'ydi. 

SHuningdek, Akbar Qo'chqorov, Mirzohid Qo'chqorov va Jaloliddin Jumaboev birinchi davrada 3 martadan raqiblar darvozasini ishg'ol qilishdi. Quyida «Lokomotiv» U-21 jamoasi safida gol urgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz. 

Vladislav Fomin - 4

Javohir Alijonov - 4

Akbar Qo'chqorov - 3

Mirzohid Qo'chqorov - 3

Jaloliddin Jumaboev - 3

Sanjar Ahadov - 2

SHohruh Mo'minqulov - 2

Mamur Ikromov - 1

Azizbek Amonov - 1

Avazbek O'lmasaliev - 1

Fozilxon Abdullajonov - 1

Umar Adhamzoda - 1

Asadbek Islomov - 1

Albatta, yoshlarning birinchi o'rin bilan tanaffusga chiqishida murabbiylar shtabining mehnati katta bo'ldi. Timur Kapadzega murabbiylardan Konstantin Kuznecov, Denis Korostichenko, Anvar Jabborov, Rufat Akramxo'jaev, jamoa shifokori Salomxon Qosimov, mssajchi Abdurahim Sarimsoqov hamda administrator Bekzod Arslonov yaqindan yordam berishdi. Va albatta jamoaga «Lokomotiv» PFK rahbariyatining etibori yuqoriligi bo'ldi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика