U-20 yoshlar o'rtasidagi JCHga OAV xodimlarini akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2015, 12:25
FIFA Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslariga jurnalistlarni akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonini boshladi.
Eslatib o'tamiz, Yangi Zelandiyadagi jahon chempionati bahslari shu yilning 30 may - 21 iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Mazkur Jahon chempionati bahslarini Yangi Zelandiyada turib yoritishni istagan OAV xodimlari 1 may sanasigacha FIFA rasmiy saytida akkreditatsiyadan o'tishlari lozim. Buning uchun FIFA mediakanalidagi quyidagi havolada https://extranets.fifa.com/en/registration/mediachannel/ zayavka formasini to'ldirishi talab etiladi. FIFA mediakanalida ro'yxatdan o'tgan va o'z akkauntiga ega bo'lgan OAV xodimlari esa quyidagi havolada http://media.fifa.com akkreditatsiya zayavkasini topshirishlari mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 10 fevral kuni U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi F guruhida Germaniya, Gonduras hamda Fidji yoshlariga qarshi bahs olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com