So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

U-20 yoshlar o'rtasidagi JCH: Guruhdagi raqiblarning tayyorgarligi haqida Yangiliklar

U-20 yoshlar o'rtasidagi JCH: Guruhdagi raqiblarning tayyorgarligi haqida

SHu yilning 30 may kuni Yangi Zelandiyada U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslariga start beriladi.
Quraga ko'ra, O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi musobaqaning F guruhida Germaniya, Gonduras hamda Fidji terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Terma jamoa fevral oyida Turkiyada o'quv yig'inini o'tkazdi va bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Mart oyida esa Ravshan Haydarov jamoasi Portugaliyada yig'in o'tkazishi va bu yig'in davomida Portugaliya hamda Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi haqida avvlroq xabar berilgan edi. SHuningdek, aprel oyida Toshkentga Jahon chempionati mezboni - Yangi Zelandiya terma jamoasi tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Takidlash lozim, O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblari ham turnirga tayyorgarlikni boshlashdi. Jumladan, Germaniya U-20 yoshlar terma jamoasi mart oyida ikkita, aprel oyida esa bitta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Unga ko'ra, Germaniya yoshlari 27 mart kuni Polsha, 31 mart kuni esa CHexiya yoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazsa, 21 aprel kuni Italiyaga qarshi maydonga tushadilar.

Guruh bosqichidagi yana bir raqib - Fidji yoshlar terma jamoasi ham musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Okeaniya qitasi vakillari hozirgacha to'rtta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. Qayd etish joiz, ushbu o'rtoqlik uchrashuvlarining barchasi Osiyo qitasi jamoalariga qarshi o'tkazildi. Dastlab, Fidji terma jamoasi U-20 yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi - Myanma U-20 yoshlariga qarshi uch marotaba maydonga tushishdi. Mazkur uchta o'yinning ikkitasida Myanma yoshlari g'alaba qozonishdi - 1:0 hamda 3:0. Terma jamoalarning yana bir o'yinida esa hisob ochilmadi - 0:0. Fidji yoshlar terma jamoasi shuningdek, Malayziya U-22 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va bu uchrashuv Fidji yoshlarining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

Guruh bosqichidagi so'nggi raqib - Gonduras terma jamoasi esa JCH bahslariga tayyorgarlikni mart oyida boshlaydi. Gonduras Futbol Federaciya xabariga ko'ra, terma jamoa aprel oyida Janubiy Amerika qitasi bo'ylab turne uyushtiradi va mazkur turne davomida 10tadan ko'p o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, U-20 yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari 30 may kuni start oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика