So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

U-20 Osiyo kubogi. Tojikiston bosh murabbiyi Oleg Kubarev: "Bunday mashg'ulot maydonida jarohat olish hech gap emas" Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Tojikiston bosh murabbiyi Oleg Kubarev: "Bunday mashg'ulot maydonida jarohat olish hech gap emas"

U-20 Osiyo kubogi doirasidagi Tojikiston - Iordaniya uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Tojikiston bosh murabbiyi Oleg Kubarev ishtirok etdi.

- Tojikiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni qanday o'tdi?
- Birinchi uchrashuvga 5 kundan beri tayyorgarlik ko'rayapmiz va raqiblar hakida etarlicha malumotga egamiz, oldinroq uslubi bizga o'xshash jamoaga bilan nazorat uchrashuvini o'tkazgan edik. Ertaga asosiy imtihonimiz bor, o'sha o'yinda turnirga qay darajada tayyor ekanligimizni bilib olamiz.

- Jamoa pley-offga chiqishiga ishonasizmi va mundialga chiqish imkoniyati qanday?

- Men boshqa bir davlatdagi hamkasbim bilan suhbatlashgan edim, u ham yo'llanmani qo'lga kiritish niyatida, vazifa oson emas. Favoritlarni hisobga olmaganda qolgan bitta yo'llanma uchun 12ta jamoa kurash olib boradi.




- Toshkentning turnirga qay darajada tayyorgarlik ko'rgani, yaratilgan sharoitlar haqida gapirsangiz?

- Men Toshkentga birinchi marotaba keldim, shahar menga yoqdi, markazda ajoyib binolarni ko'rdim. Stadionlar yaxshi, lekin to'g'risi mashg'ulot maydonlari yaxshi xolatda emas. Bu maydonlar birinchi navbatda talabga javob bermaydi va eng yomoni futbolchilarga jarohat etkazishi mumkin va mening fikrimcha bunday maydonlar bilan turnirga tayyorlanib bo'lmaydi. Tanqidimni to'g'ri tushunasiz degan umiddaman. Masalan, matbuot anjumaniga etib kelish uchun yarim soat vaqtimni sarfladim va hozir stol ustiga hatto suv qo'yilmapti.

- Jamoaingizning turnirga tayyorgarligini qanday baholaysiz. O'yinchilaringiz qanday holatda?

- Yigitlar yaxshi formada, maqsadimiz esa barcha singari guruhdan chiqib, yarim finalgacha etib borish. Meninmcha bunday vazifa barcha jamoada bor.




- Ertangi raqibingiz haqida gapirib o'tsangiz?

- Ilk turda Iordaniyani favorit deb o'ylayman va ular birinchi raqamli jamoa bo'lib harakatlansa kerak. Raqib ko'p pressing qilishini kutyapman.

- Turnirda "porlab" chiqadigan o'yinchilaringiz bormi?

- Bizning ko'p o'yinchilar erkin agent va biz ularni ommaga tanitishga harakat qilamiz. O'yinchilarim turnirda o'zini yaxshi namoyish etishga umid qilaman.




Abdulvosit Bektemirov 

Foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика