U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston U-19 termasi bugun 2-tur uchrashuvini o'tkazadi
12 sen 2022 08:00
Yangiliklar


U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston U-19 termasi bugun 2-tur uchrashuvini o'tkazadi
Bugun, 12 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida boshlangan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston U-19 terma jamoasi ilk turda Maldiv orollarini yirik (7:0) hisobda taslim etgandi. Farhod Nishonov shogirdlari navbatdagi uchrashuvini Myanma U-20 termasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da start oladi. Raqib dastlabki o'yinda Xitoyga 1:2 hisobida yutqazgandi.
“A” guruhidan o'rin olgan yana bir o'yin esa Maldiv orollari U-20 hamda Saudiya Arabiston U-20 futbolchilari o'rtasida bo'lib o'tadi. Mazkur bahs 23:30 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar