So’nggi yangiliklar

07:21ЖЧ-2026 саралаш. Бугун терма жамоамиз муҳим учрашувда майдонга тушади  1 03:01Миллатлар лигасининг чорак финалига чиққан барча 8 жамоа номи маълум бўлди  0 02:55Миллатлар лигаси. Роналду иштирок этмаган баҳсда Португалия дуранг ўйнади  1 02:48Миллатлар лигаси. Испания сўнгги дақиқалардаги пенальти эвазига ғалаба қозонди  0 02:15АПЛнинг энг тез югурадиган футболчилари (ТОП 10)  0 01:35Бен Дэвис Сон ҳақидаги хазили учун дисквалификация Бентанкур ҳақида: "Бундай нарсаларга жиддий қараш кераклигини тушундик"  1 23:29Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувида ишлайди  2 23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  2 21:09Аморимга трансферлар учун тен Хагга нисбатан камроқ пул беришади  3 20:45Эшитдик-да! "Нефтчи" икки мураббийга жавоб бермоқчи  11 20:31"Бавария" стадионидаги чим U15 жамоаси майдонига юбориляпти  7 20:28"Қизилқум"нинг икки футболчисига бир қатор клублар қизиқмоқда  2 19:54Саудия Арабистонида можаро авж олди. Айрим легионерлар маош олишмаяпти  7 19:28Футзал бўйича Олий лига. "Максам-Чирчиқ" "Металлург"дан устун келди  0 19:07Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкентда йиғин бошлади  0

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekistonning 1-turdagi raqibi Suriya haqida: zilziladan keyingi holat, niderlandiyalik murabbiy va legioner futbolchilar Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekistonning 1-turdagi raqibi Suriya haqida: zilziladan keyingi holat, niderlandiyalik murabbiy va legioner futbolchilar

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vottening fikricha, O'zbekistonga qarshi o'yinda muvaffaqiyat qozonish orqali zilziladan talofat ko'rgan jabrdiyda xalqni ko'nglini ko'tarish mumkin.

CHempionlik va zilzila

"Kazion burgutlari" mazkur turnirda o'ninchi bor ishtirok etmoqda, suriyaliklar 1994 yilgi turnir g'olibi sanaladi. Yaqinda mamlakatda sodir bo'lgan tabiiy zilzala ofatlaridan so'ng g'arbiy osiyoliklar biroz mushkul vaziyatda turnirga etib kelishdi.

Saralash bosqichida "D" guruhidan o'rin olgan Suriya 4 o'yinda 9 ochko jamg'arib, guruhda ikkinchi o'rinni egalladi hamda O'zbekistondagi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


Musobaqaga tayyorgarlik

Votte shogirdlari Dubaydagi yig'in doirasida to'rtta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi, yani Xitoy va Qatar terma jamoalari bilan ikki marotabadan to'qnash kelishdi. SHundan so'ng, "Kazion burgutlari" Toshkentdagi ob-havoga moslashish maqsadida yig'inni Dushanbeda davom ettirishdi va Tojikiston yoshlari bilan ikki marotaba nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

O'rtoqlik uchrashuvlari

Suriya — Xitoy 0:1

Suriya — Xitoy 2:1

Suriya — Qatar 1:3

Suriya — Qatar 4:0

Suriya — Tojikiston 1:0

Suriya — Tojikiston 2:1

Ammo yig'inlar o'rtasida Suriyada zilzila yuz berdi va Damashaqqa qaytgach, niderlandiyalik murabbiy o'z o'yinchilarini oilalarining yonida turishi uchun qo'yib yubordi.

“Biz O'zbekistondagi musobaqada ishtirokchi ekanligimizdan xursandmiz. Suriya ushbu turnirda ishtirok etmaganiga ancha vaqt bo'lgandi”, - deydi Votte.

“Albatta, so'nggi 10-12 yil mamlakat aholisi uchun oson bo'lmadi; bu avlod og'ir kunlarda o'sib-ulg'aygan, shuningdek, zilziladan keyingi vaziyatdan so'ng ularga oson emas. Biz Dubaydan endigina qaytgan edik, o'shanda Suriya shimolida zilzila bo'lgandi, shu bois yigitlarga oilalarining yonida qolib, ularni avaylashlari uchun besh kunlik tatil berdik. Umid qilamizki, bu erda erishadigan natijalarimiz orqali Suriya xalqiga oz bo'lsa-da, quvonch bag'ishlay olamiz”, - deya qo'shimcha qildi murabbiy.

Suriyadan ilgari 62 yoshli niderlandiyalik mutaxassis Marokash yoshlar termasida 5 yil ishlagan va uning shogirdlaridan ayrimlari asosiy jamoa bilan birgalikda Qatardagi mundialning yarim finaliga qadar etib bordi.

“Marokashning uzoq muddatli strategiyasi bor edi. Yoshlar tarkibidagi ko'plab iqtidorli o'g'il bolalar har kuni birgalikda mashg'ulot o'tkazishardi. Ularga qirollik akademiyasi yaxshi sharoitlar yaratgandi. Jahon chempionati yarim finalida besh nafar yosh shogirdimni ko'rganimdan bag'oyatda mamnun bo'ldim, ammo bu bir kechada erishiladigan muvaffaqiyat emas. Buning uchun uzoq vaqt sarflashingiz kerak. Bunda klublar va inshootlar, shuningdek, Evropaga ketadigan futbolchilar muhim rol o'ynaydi. Marokash Afrika mamlakatlari uchun ajoyib namuna hamda Suriya kabi mamlakatning uzoq muddatda shu kabi natijalarga erishish yo'lida intilish uchun turtki bo'ladi”.

Suriyaning shon-shuhrat yo'lidagi dastlabki to'siq 2008 yilgi finalchi, joriy turnirda esa ulkan maqsadlarni ko'zlayotgan mezbonlar bo'ladi. 2020 yilgi musobaqa pandemiya sababli bekor qilingach, O'zbekiston turnirni o'tkazishi uchun uch yil kutishiga to'g'ri keldi.

"Biz bu turnirni anchadan beri kutgandik. Pandemiya sabab mazkur yoshdagi terma jamoa azolari rasmiy xalqaro o'yinlarda qatnashishmadi. SHu bois bunday muammo hamma terma jamoada bo'lsa kerak. Biz saralash bahslari, o'rtoqlik o'yinlari orqali ularni o'rgandik. Raqiblar haqida tasavvurga egamiz. 

Musobaqaga har bir jamoa katta maqsadlar bilan kelgan. Biz ham oldimizga oliy maqsad qo'yganmiz – Osiyo chempioni bo'lish va Jahon chempionatiga yo'l olish", - dedi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Ravshan Haydarov.

Tarkib

 

Tarkibga jalb etilgan 23 nafar futbolchidan 6 kishi legioner sanaladi. Bular — darvozabon Maksim Sarraf (CSKA, Rossiya), himoyachi Annas Al-Hardan (Alborg, Daniya), yarim himoyachi Malik Janir (Al Vasl, BAA) va hujumchilar Elias Safar (Jarfalla, SHveciya), Hozan Osman (De Grafsxap, Niderlandiya), Mustafo Abdullatif (Gerta, Germaniya).

Jamoa hujumchisi Xozan Osman saralash bosqichida 4 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика