So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

U-20 Osiyo kubogi. Mashg'ulot maydonlari haqida kim o'ylagandi? Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Mashg'ulot maydonlari haqida kim o'ylagandi?

Bugun O'zbekistonda U-20 Osiyo kubogi musobaqasi start oladi.

Osiyoning eng kuchli 16ta terma jamoasi qita chempionligi va Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Saytimizda Toshkentdagi "Lokomotiv", Farg'onadagi "Istiqlol" stadionlari musobaqaga tayyorligi haqida fotogalereyalar chiqdi.

Lekin zamonaviy futbolda futbol bu faqat 90 daqiqalik o'yindan iborat emas. O'yinga tayyorlanishdagi eng muhim jihatlardan biri mashg'ulot maydonidir. Xo'sh, O'zbekistondagi U-20 Osiyo kubogi ishtirokchilari qanday maydonlarda mashg'ulot o'tkazishmoqda va o'tkazishadi?

Dastlab shunchaki suratlarni tomosha qiling:




Holat achinarli to'g'rimi? OFK O'zbekistonda xalqaro musobaqaga topshirayotganda bizga faqat o'yinlar o'tadigan 4ta stadion kerak deb aytmagandir. Lekin Yaponiya Qibrayga borib eng sifatsiz mashg'ulot maydonida shug'ullanishi, futbolchilar cho'milishi va hojatini chiqarishi (!!!) uchun dush va hojatxona yo'qligi haqida hech kim bosh qotirib ko'rmagan.

Ertaga Yaponiyada xalqaro musobaqa bo'lsa va O'zbekiston terma jamoasiga xuddi shunday munosabatda bo'linsa Yaponiya tomonidan xafa bo'lamiz.

O'FA har bir stadion va mashg'ulot maydoni uchun OFKdan keladigan summaning malum bir qismini bersa, yoki o'zi o'sha pullarni sarflab maydonlarni yaxshilasa, dush, hojatxona va hokazolarni qursa keyinchalik yana xalqaro musobaqa bo'lsa foydalansa bo'ladiku. Nega bu xarajatlar ham klublarga ilinishi kerak?

"Jar" zaxira maydoni bo'lajak musobaqadan keyin ilma-teshik bo'lib ketsa kerak. Aslida hozir ham maydon yaxshi holatda deya olmaymiz.

Tojikiston U-20 terma jamoasi ustozi bugungi matbuot anjumanida mashg'ulot maydonlari haqida juda ham kuyunib gapirdi. Bunday maydonda futbolchi jarohat olish ehtimoli yuqoriligidan nolidi.

Yana bir terma jamoa vakillari esa nega bizga mashg'ulot o'tkazish uchun "ogorod"ni berdinglar deb kinoyali gap qilgani achinarli. Bu gaplarga kulish emas, yig'lash kerak aslida.

Maqolani quyidagi rasm bilan tugataman: 


Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика