U-20 Osiyo kubogi haqida nimalarni bilishimiz lozim?
26 fev 2023 12:30
Yangiliklar
U-20 Osiyo kubogi haqida nimalarni bilishimiz lozim?
U-20 Osiyo kubogi Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi qita musobaqasi hisoblanadi. 2023 yilda o'tkaziladigan musobaqa 41-marotaba tashkil etilmoqda. Biroq bu 20 yoshgacha bo'lgan turnir sifatida ilk bor o'tkaziladi, sababi OFK 2023 yildan boshlab turnirda ishtirok etish yoshini 19 dan 20 yoshga o'zgartirishni taklif qildi. Bundan tashqari, turnir nomi "OFK U-19 chempionati"dan "OFK U-20 Osiyo Kubogi"ga o'zgartirildi. 2021 yilning 25 yanvarida OFK COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionati bekor qilindi hamda O'zbekiston 2023 yilgi turnirga mezbonlik huquqini saqlab qolishini elon qildi.
Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqaning so'nggi bosqichlariga qadar etib borgan eng yaxshi to'rt terma jamoa 2023 yilda Indoneziyada bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga Osiyo vakillari sifatida yo'llanmani qo'lga kiritadi. Indoneziya esa mezbon sifatida avtomatik ravishda kichik mundialda ishtirok etadi. Agarda Indoneziya U-20 Osiyo kubogining yarim finalga chiqa olsa, chorak finalda mag'lub bo'lgan 4 ta ishtirokchi o'rtasida pley-off bosqichi o'tkaziladi va g'olib jamoa U-20 jahon chempionatiga yo'llanma sohibiga aylanadi.
Musobaqada eng ko'p chempionlikni Janubiy Koreya qo'lga kiritgan, ularda 12 ta titul mavjud. Saudiya Arabistoni yoshlari esa amaldagi shohsupa egasi sanaladi, ular 2018 yil chempionlikni qo'lga kiritgan, umumhisobda esa 3 marta g'oliblik nashidasini surgan.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining eng yaxshi natijasi final hisoblanib, Saudiya mezbonlik qilgan 2008 yilgi turnirda Ahmad Ubaydullaev shogirdlari hal qiluvchi bahsda BAAga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan. Kenja To'raev terma jamoamiz safida gol urgan bo'lsa, amirliklar tarkibida Ahmad Xalil dubl qayd etgandi. O'sha musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Fair Play sohibiga aylangan hamda Misrda o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan.
2018 yilgi so'nggi turnirda yoshlarimiz ishtirok etmagan, sababi ular saralash bosqichida Tojikistondan ortda qolib, musobaqa bilan erta xayrlashgandi.
Saralash bosqichi
Format o'zgarishi
OFK Ijroiya qo'mitasi OFK musobaqalar qo'mitasi tomonidan ilgari surilgan bir qancha strategik tavsiyalarni maqulladi. SHulardan biri OFKning yoshlar o'rtasidagi musobaqalarida mintaqalarga ajratish tamoyillarining bekor qilinishi bo'ldi.
Saralashda OFKga azo 47 associaciyadan jami 44 ta jamoa musobaqada ishtirok etdi. Turnir mezboni O'zbekiston avtomatik tarzda final bosqichiga yo'llanma olganiga qaramay, saralash bosqichida ham ishtirok etishga qaror qildi. 44 ta jamoa beshtadan 4 guruhga va to'rttadan 6 ta guruhga ajratilib, jamoalar 2018 yilgi 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi va saralashdagi natijalariga ko'ra toifalandi.
Ishtirokchi jamoalar
"A" guruhi
O'zbekiston, Indoneziya, Iroq, Suriya
O'zbekiston yoshlari o'z maydonlarida o'tkazilayotgan turnirda chempionlikni qo'lga kiritishga ahd qilgan bo'lsa, ajabmas, biroq ilk navbatda ular "A" guruhidagi raqiblarining sinovidan o'tib olishi talab etiladi, chunki qolgan jamoalar ham pley-off bosqichiga uchun jon-jahdini berishadi.
SHu bilan birga, 1961 yil yagona chempionligini qo'lga kiritgan Indoneziya saralash bosqichining "F" guruhida Vetnam, SHarqiy Timor va Gongkongni ortda qoldirib, peshqadamlikni qo'lga kiritdi.
1994 yilgi chempion Suriya va besh karra musobaqa g'olibi bo'lgan Iroq yoshlari esa "D" va "H" guruhlarida ikkinchi o'rinni egalladi.
Biroq final bosqichi butkul boshqacha tarzda o'tkaziladi va barcha to'rt jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishi va xatoga yo'l qo'ymaslikka intilishi tabiiy.
"B" guruhi
Qatar, Avstraliya, Vetnam, Eron
Sobiq chempionlar hisoblangan Qatar va Eron, 2010 yilgi vice-chempion Avstraliya va 2016 yilgi yarim finalchi Vetnamni o'zida jamlagan murakkab guruh.
Qolaversa, guruhdagi jamoalardan uchtasi saralashda 100 foizlik natija qayd etib, guruh peshqadami sifatida hal qiluvchi bosqich chiptalarini qo'lga kiritdi.
Jumladan, Qatar saralashning “B” guruhida Nepal, Butan, Bangladesh va Bahrayn ustidan g'alaba qozonib, jami 14 ta gol urdi va o'z darvozasidan bor-yo'g'i bitta to'p o'tkazib yubordi.
Eron ham bizda xuddi shunday taassurot qoldirdi, forslar "J" guruhida 9 ochko bilan peshqadamga aylandi, Avstraliya esa "H" guruhida ishonchli harakat qilib, uch bor g'alabaga erishdi.
Vetnam esa "F" guruhida qatnashib, final bosqichiga yo'l olgan eng yaxshi beshta ikkinchi o'rin sohiblaridan biriga aylandi. SHunga qaramay, janubiy-sharqiy osiyoliklar barcha yosh toifalarida qanday kuchga ega bo'lib borayotganini guvohi bo'lib boryapmiz.
"C" guruhi
Janubiy Koreya, Tojikiston, Iordaniya, Ummon
12 marta chempion bo'lib, besh marta ikkinchi o'rinni egallagan, jami 27 bor eng yaxshi to'rtta jamoa qatoridan joy olgan "yo'lbarslar" “C” guruhidan chorak finalga chiqish uchun asosiy favorit sanaladi.
Koreyslar saralashda qiyinchilikka duch kelishmadi, ular SHri-Lanka, Mo'g'uliston va Malayziya ustidan g'alaba qozonib, "E" guruhida birinchi o'rinni egalladi.
Koreya Respublikasining “C” guruhidagi raqiblari o'zlarining boy tarixlari bilan maqtana olmasalar-da, etarlicha qarshilik ko'rsatishga harakat qilib ko'rishadi, sababi ularning barchasi saralash bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan.
2016 va 2018 yillardagi turnirlarda chorak finalga qadar bora olgan Tojikiston saralashning "I" guruhida birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Iordaniya esa "D" guruhida g'olib bo'ldi.
Ummon garchi saralashda Afg'onistonga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, "G" guruhida birinchi bo'ldi va final bosqichida ular saralashda orttirgan tajribasiga tayanadi.
"D" guruhi
Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Xitoy, Qirg'iziston
Amaldagi chempion Saudiya Arabistoni va Xitoy saralash bosqichining "A" guruhida o'zaro to'qnash kelishdi va o'shanda sahro vakillari bellashuvni 1:0 hisobida o'z foydasiga hal qilgandi.
Ajablanarlisi shundaki, faqatgina bir marta - 2016 yilda chempionlikni qo'lga kiritgan Yaponiyaning guruhda mavjudligi guruhga yanada shiddat taqdim etadi.
Garchand mezbon saralashda O'zbekiston Saudiya va Xitoyni ortda qoldirgan bo'lsa-da, ularning natijasi avtomatik final bosqichidagi ishtiroki sabab inobatga olinmadi. SHu sababli, Saudiya Arabistoni "A" guruhida birinchi o'rin sohibi, Xitoy esa eng yaxshi ikkinchi o'rinni egallagan beshta jamoadan biri sifatida 16 jamoa qatoridan o'rin oldi, Yaponiya esa to'rtta g'alaba bilan "C" guruhida tengsiz bo'ldi.
Saudiya Arabistoni to'rtinchi chempionlikni qo'lga kiritish hamda amaldagi titulni saqlab qolish uchun kurashadi, Xitoy yoshlari esa 1985 yilda ushbu kubokni qo'lga kiritgan.
Qirg'iziston Respublikasi final bosqichida ikkinchi marotaba ishtirok etadi, ammo Markaziy Osiyo jamoasi saralashda BAAni ortda qoldirdi, demak qolganlarga ham syurpriz hozirlashi mumkin.
Saralash bosqichi to'purari
Kanta CHiba (Yaponiya) — 9 ta
2003 yilda tavallud topgan markaziy hujumchi ayni damda ijara asosida J2 ligada ishtirok etuvchi "Tokushima" klubi safida to'p tepadi.
Turnirning eng qimmat o'yinchilari
Son Jin Kan (Janubiy Koreya) — 500 ming evro
O'ng qanot yarim himoyachisi ayni damda "Seul" sharafini himoya qiladi.
Beknaz Almazbekov (Qirg'iziston) — 500 ming evro
Endigina 17 yoshni qarshi olgan chap qanot yarim himoyachisi Turkiyaning "Galatasaroy" yoshlar klubi safida to'p tepadi.
Stadionlar
"Bunyodkor" stadioni (Toshkent) — 34000 tomoshabinga mo'ljallangan.
Musobaqaning 8 ta o'yinini qabul qiladi, shu jumladan, O'zbekiston – Suriya o'rtasidagi 1-tur hamda final uchrashuvi o'tkaziladi.
1. "A" guruhi. O'zbekiston – Suriya. 1 mart, 19:00
2. "D" guruhi. Saudiya Arabistoni – Qirg'iziston. 3 mart, 17:00
3. "A" guruhi. Iroq – O'zbekiston. 4 mart, 19:00
4. "D" guruhi. Xitoy – Saudiya Arabistoni. 6 mart, 17:00
5. "S" guruhi. Janubiy Koreya – Tojikiston. 8 mart, 17:00
6. CHorak final. "A" guruhi g'olibi – "B" guruhi 2-o'rin sohibi, 11 mart, 19:00
7. Yarim final. A1/B2 – S1/D2. 15 mart, 19:00
8. Final
"JAR" stadioni (Toshkent) — 8500 tomoshabinga mo'ljallangan.
Musobaqaning 9 ta o'yinini, shu jumladan, chorak va yarim final bahslarini qabul qiladi.
1. "S" guruhi. Janubiy Koreya – Ummon. 2 mart, 15:00
2. "D" guruhi. Yaponiya – Xitoy. 3 mart, 15:00
3. "S" guruhi. Iordaniya – Janubiy Koreya. 5 mart, 15:00
4. "D" guruhi. Qirg'iziston – Yaponiya. 6 mart, 15:00
5. "B" guruhi. Qatar – Avstraliya. 7 mart, 15:00
6. "D" guruhi. Xitoy – Qirg'iziston. 9 mart, 17:00
7. CHorak final. "B" guruhi g'olibi – "A" guruhi 2-o'rin sohibi. 11 mart, 15:00
8. CHorak final. "S" guruhi g'olibi – "D" guruhi 2-o'rin sohibi. 12 mart, 15:00
9. Yarim final. B1/A2 – D1/S2. 15 mart, 15:00
"Lokomotiv" stadioni (Toshkent) — 8000 tomoshabinga mo'ljallangan.
Musobaqaning 9 ta o'yinini, shu jumladan, chorak finalning bitta uchrashuvini qabul qiladi.
1. "A" guruhi. Indoneziya – Iroq. 1 mart, 17:00
2. "S" guruhi. Tojikiston – Iordaniya. 2 mart, 17:00
3. "A" guruhi. Suriya – Indoneziya. 4 mart, 17:00
4. "S" guruhi. Ummon – Tojikiston. 5 mart, 17:00
5. "A" guruhi. Iroq – Suriya. 7 mart, 19:00
6. "S" guruhi. Iordaniya — Ummon. 8 mart, 17:00
7. "D" guruhi. Saudiya Arabistoni – Yaponiya. 9 mart, 17:00
8. CHorak final. "D" guruhi g'olibi – "S" guruhi 2-o'rin sohibi. 12 mart, 19:00
"Istiqlol" stadioni (Farg'ona) — 20200 nafar tomoshabinga mo'ljallangan.
Musobaqaning 6 ta guruh bosqichi o'yinini, shu jumladan, O'zbekiston – Indoneziya o'rtasidagi 3-tur uchrashuvini qabul qiladi.
1. "B" guruhi. Astraliya – Vetnam. 1 mart, 15:00
2. "B" guruhi. Qatar – Eron. 1 mart, 19:00
3. "B" guruhi. Eron – Avstraliya. 4 mart, 15:00
4. "B" guruhi. Vetnam – Qatar. 4 mart, 19:00
5. "B" guruhi. Vetnam – Eron. 7 mart, 15:00
6. "A" guruhi. O'zbekiston – Indoneziya. 7 mart, 19:00
CHiptalar
CHiptalarni stadion kassalarida yoki onlayn sotib olishingiz mumkin.
Fikrlar