U-20 JCH yulduzlari (TOP-10) - "CHelsi"ning amerikalik posboni, "Siti" azosi sanalgan Argentina termasi tayanch yarim himoyachisi, Andrey ismli braziliyalik
20 may 2023 10:20
Yangiliklar
U-20 JCH yulduzlari (TOP-10) - "CHelsi"ning amerikalik posboni, "Siti" azosi sanalgan Argentina termasi tayanch yarim himoyachisi, Andrey ismli braziliyalik
Ularning har biri tez orada top-klubda paydo bo'lishi mumkin va ayrimlari allaqachon eng yuqori saviyada o'ynayapti ham.
Karni CHukvuemeka, yarim himoyachi (19 yosh)
Angliya, "CHelsi" (15 mln evro)
Turnirning eng ko'zga ko'ringan o'yinchilaridan biri Avstriyada tug'ilgan nigeriyalik bo'ladi. Etiborlisi, u Angliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Gap "CHelsi" yarim himoyachisi Karni CHukvuemeke haqida ketmoqda. U ushbu mavsum "ko'klar" tarkibida tez-tez o'rin egallamoqda.
U "CHelsi"da 12 ta o'yin o'tkazdi. Ha, klub hozir eng yaxshi holatda emas, ammo "aristokratlar"ning o'rta chizig'idagi yuqori raqobatni hisobga olish kerak. O'yin uslubi bo'yicha Karni Eduardo Kamavingaga o'xshaydi (albatta, Anchelotti uni himoyaning chap qanotiga qo'ymasa). CHukvuemeka yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichini o'tkazib yuboradi – u "CHelsi"da qoladi, chunki jamoada jarohat olganlar ko'p. Angliyaning guruhdagi raqiblari orasida Iroq, Urugvay va Tunis bor, shuning uchun Karni pley-offda porlashi mumkin.
Andrey Santos, yarim himoyachi (19 yosh)
Braziliya, "Vasko da Gama"/"CHelsi" (15 mln evro)
"CHelsi"ning yana bir futbolchisi. Andrey Santos 2023 yilning yanvarida "aristokratlar" lageriga ko'chib o'tgandi, biroq ikki oydan so'ng u o'zining ona klubi – "Vasko da Gama"ga qaytdi. Santos 2022/2023 yilgi mavsumning qolgan qismini o'sha erda o'tkazadi, shundan so'ng yozda "CHelsi"ga qaytadi. Britaniya matbuotining yozishicha, kelasi mavsumda braziliyalik "ko'klar"ning asosiy futbolchisiga aylanishi mumkin, har qalay klub rahbariyati unga ishonadi. Mutaxassislar Andrey Santosni Jud Bellingem bilan solishtirishmoqda. Mart oyi oxirida Andrey Marokashga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, Braziliya terma jamoasida debyut qildi. U Eder Militao, Kazemiro, Vinisius, Rodrigo, Lukas Paketa va boshqa futbolchilar bilan birga harakat qildi.
Markos Leonardo, hujumchi (20 yosh)
Braziliya, "Santos" (15 mln evro)
Markos Leonardo hali Evropada o'ynamayapti, lekin etakchi chempionat klublari uni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Oxirgi xabarlarga ko'ra, braziliyalik iqtidorga "Vest Xem", "Everton", "Arsenal" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda. Markos to'rt yildan beri Braziliya A Seriyasida o'ynab kelmoqda: 73 ta uchrashuvda 23 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Uning o'yin uslubi "Arsenal" futbolchisi Gabriel Jezusnikiga o'xshash. Markos Leonardoni diqqat bilan kuzatish kerak – ehtimol, u tez orada top-klubda o'ynaydi.
Aleks Skott, yarim himoyachi (19 yosh)
Angliya, "Bristol Siti" (14 mln evro)
Oliy diviziondan tashqaridagi futbolchining terma jamoada o'ynashi kamdan-kam uchraydigan holatlardan biri. Aleks Skott CHempionshipning (Angliya ikkinchi ligasi) "Bristol Siti" klubi vakili sanaladi. SHunga qaramay, ko'pchilik u haqida gapiradi: Pep Gvardiola Aleksni "aql bovar qilmaydigan o'yinchi" deb atagan va Fabricio Romano esa u yozda APL jamoalaridan biriga o'tishi mumkinligiga ishontirmoqda. Skott – yaxshi texnika ega aqlli yarim himoyachi, qaysidir jihatdan Gavini eslatadi. Bunday o'yinchi hech qaysi klubda yo'qolib qolmasligi aniq!
Maksimo Perrone, yarim himoyachi (20 yosh)
Argentina, "Manchester Siti" (10 mln evro)
Terma jamoamiz raqibi lageridan bo'lgan futbolchi. Maksimo Perrone yaqinda Argentinaning "Veles Sarsfild" klubidan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tdi, biroq u allaqachon Argentina terma jamoasidan chaqiruv oldi. Perrone haqida ham ko'p gapiriladi: OAV uni "Yangi Redondo" deb atab, Gvardiola bilan solishtirmoqda. Pepning o'zi ham Maksimoni maqtayapti, biroq "hali boshi oyoqlaridan tezroq ishlayotganini" takidlayapti. Perrone "boks-tu-boks" klassik yarim himoyachi. U "Manchester Siti" bilan shartnomasini hali uzaytirmagan va yozda boshqa klubga ketishi mumkin bo'lgan Ilkay Gyundoganning o'rnini egallashi mumkin.
Tommazo Baldanci, yarim himoyachi (20 yosh)
Italiya, "Empoli" (10 million evro)
Tommazo Baldanci – "Empoli"ning hujumkor yarim himoyachisi. U uchun Italiyaning deyarli barcha top-klublari kurashmoqda. Italiya OAV xabariga ko'ra, futbolchiga "Milan", "Inter", "Lacio", "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Baldanci Paulo Dibalaga havas qiladi. Tommazo ham past bo'yli va chap oyoqda to'p tepadi, bu esa uni argentinalikka o'xshash qiladi. Baldanci ushbu mavsum A Seriyada 26 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va ulardan bittasi "Inter"ga qarshi o'yindagi g'alaba to'pi edi!
Gabriel Slonina, darvozabon (19 yosh)
AQSH, "CHelsi"/"CHikago" (8 mln evro)
AQSHda futbol faol rivojlanmoqda: so'nggi yillarda ko'plab qiziqarli o'yinchilar paydo bo'ldi, terma jamoa yaxshi natijalarni ko'rsatmoqda. Yaqin 10-15 yil ichida Amerika futbolini oldinga boshlaydiganlardan biri – darvozabon Gabriel Slonina. 2022 yilning avgustida uni "CHelsi" sotib oldi, biroq u hali "aristokratlar" asosiy tarkibida maydonga tushmadi. Ammo Slonina Serbiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etib, AQSH terma jamoasida debyut qildi. Gabrielning terma jamoadagi raqobatchisi o'zidan deyarli 10 yosh katta bo'lgan Mett Tyornerdir. Katta ehtimol bilan Slonina yaqin yillarda AQSH jamoasining "birinchi raqami"ga aylanadi. Klubga kelsak, "CHelsi"da unga qiyin bo'ladi, chunki u erda Kepa va Eduar Mendi bor. Gabriel tajriba orttirishi va o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun qaergadir ijaraga berilsa kerak. Yosh darvozabon uchun bu juda muhim.
Robert Renan, himoyachi (19 yosh)
Braziliya, "Zenit" (7 mln evro)
Rossiya futboli izolyaciyada bo'lib turgan bir paytda, "Zenit" hamon qiziqarli transferlarni amalga oshiryapti. Yanvar oyida peterburgliklar "Korintians" va Braziliya yoshlar terma jamoasi 19 yoshli himoyachisi Robert Renanni qo'lga kiritishdi. Ispaniya matbuotiga ko'ra, "Real" Renanga ko'z tikkan va u uchun 40 million evro to'lashga tayyor! Agar Robert "qirollik klubi"ga yo'l olsa, "Zenit"ni bu uchun faqat maqtash mumkin, chunki braziliyalik ularga mutlaqo tekinga tushgan. Renan himoyada mustahkam turadi, tezligi va texnikasi yaxshi. Qolaversa, Robert chap oyoq, bu uning transfer bozoridagi qiymatini oshiradi.
Uilson Odober, vinger (18 yosh)
Franciya, "Trua" (5 mln evro)
Franciya yoshlar terma jamoasining asosiy yulduzi Uilson Odober PSJ akademiyasida tarbiyalangan, ammo u erda ildiz otmagan va kamtarona "Trua"ga ketgan. Klub Liga 1da omon qolish uchun kurashmoqda, ammo shunga qaramay, Odober o'zini ko'rsata oldi. Franciya chempionatining 32 ta o'yinida u 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va bu 18 yoshda amalga oshirildi. "Trua" City Football Group tarkibiga kiradi, shuning uchun Odober jamoa ikkinchi ligaga tushib ketgan taqdirda ham yo'qolib qolmaydi.
Fabrisio Dias, yarim himoyachi (20 yosh)
Urugvay, "Liverpul" (5 mln evro)
Urugvay terma jamoasi sardori Fabrisio Diaz allaqachon "Liverpul"da o'ynamoqda! To'g'ri, gap hammamiz uchun odatiy "Liverpul" haqida emas, balki Montevideo shahrining klubi haqida ketyapti. Diasga top-klub – "Barselona" qiziqib qoldi. Kataloniyaliklar iqtidorli yarim himoyachi uchun 8 million evro taklif qilmoqda, urugvayliklar esa ko'proq xohlashyapti va savdolashishda davom etishmoqda. Fabrisio ham markaziy yarim himoyachi, ham tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynay oladi. Uning kuchli tomonlari – to'pni olib qo'yish, uzun paslar va mashaqqatli mehnat. Balki tez orada biz uni "Barsa"da yoki Evropaning top-5 ligasining biror jamoasida ko'rarmiz.
Nikolay Egorichev tayyorladi
SHerzod Nurmatov tarjima qildi
Fikrlar