U-20 JCH. Qatar yana mag'lubiyatga uchradi
28 may 2019 01:30
Yangiliklar


U-20 JCH. Qatar yana mag'lubiyatga uchradi
Polshada davom etayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi turi doirasida Qatar termasi Ukrainaga qarshi to'qnash kelib, minimal hisobda (0:1) taslim bo'ldi.
Mazkur muvaffaqiyatdan keyin ukrainaliklar keyingi bosqich masalasinin muddutidan oldin hal etishdi. «D» kvartetidagi ikkinchi bahsda esa AQSH vakillari Nigeriya ustidan zafar (2:0) quchdi.
«C» guruhida esa Yangi Zelandiya termasi Norvegiyani, urugvayliklar Gondurasni 2:0 hisoblari bilan mag'lub etishdi va guruhda qo'shhokimlikni o'rnatishdi. Ushbu ikki jamoa ham pley-offga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar