U-20 JCH. O'zbekistonning Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinida ikki nafar ayol hakam ishlaydi
23 may 2023 17:30
Yangiliklar


U-20 JCH. O'zbekistonning Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinida ikki nafar ayol hakam ishlaydi
Avvalroq mazkur bahsni yamaykalik hakamlar brigadasi boshqarib borishi haqida xabar bergandik.
U-20 jahon chempionati "A" guruhining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston — Yangi Zelandiya uchrashuvi boshqarib boradigan hakamlar malum qilindi. Bu haqda avvalroq saytimiz orqali xabar bergandik.
Etiborli jihati, ushbu bellashuvda ikki nafar ayol hakam ham ishlaydi. Jumladan, Jasset Kerr-Uilson yon hakam vazifasini bajarsa, Tatyana Gusman VARda faoliyat yuritadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23 may kuni soat 23:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar