U-20 JCH. O'zbekistonning Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinida ikki nafar ayol hakam ishlaydi

Оқил Абдубарноев
23 may 2023, 17:30
Avvalroq mazkur bahsni yamaykalik hakamlar brigadasi boshqarib borishi haqida xabar bergandik.

U-20 jahon chempionati "A" guruhining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi boshqarib boradigan hakamlar ma'lum qilindi. Bu haqda avvalroq saytimiz orqali xabar bergandik.

E'tiborli jihati, ushbu bellashuvda ikki nafar ayol hakam ham ishlaydi. Jumladan, Jasset Kerr-Uilson yon hakam vazifasini bajarsa, Tatyana Gusman VARda faoliyat yuritadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23 may kuni soat 23:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia