So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

U-20 JCH. O'zbekiston 0:2ni 2:2ga aylantirdi va birinchi ochkosini qo'lga kiritdi Yangiliklar

U-20 JCH. O'zbekiston 0:2ni 2:2ga aylantirdi va birinchi ochkosini qo'lga kiritdi

20 yoshgacha o'tayotgan jahon chempionatining 2-turi doirasidagi O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston - Yangi Zelandiya 2:2

23 may | 23:00

Gollar: 0:1 — 23, Benjamen Uolles, 0:2 — Jey Xerdman (41), 1:2 — Abbbosbek Fayzullaev (51), 2:2 - SHerzod Esanov (90+3).

O'zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (19.SHahzod Akramov, 90), 8.Behruzbek Asqarov (5.Rustam Turdimurodov, 68), 10.Umarali Rahmonaliev (s), 13.Zafarmurod Abdirahmatov, 14.Abbos Fayzullaev, 15.Diyorbek Ortiqboev (9.SHahzod Nematjonov, 84),  17.Nodirbek Abdurazzoqov (11.SHerzod Esanov, 46), 20.Mahmudjon Mahamadjanov (18.Saidafzalxon Ahrorov, 68).

Zaxiradagilar: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjaev, 2.Izzatillo Po'latov, 4.Abubakir Ashurov, 16.SHahzod Rahmatullaev.

Yangi Zelandiya U-20: 1. Kis Sims, 4. Isak Xyuz, 5. Finn SHurmen (S) , 6. Fin Konchi, 10. Jey Xerdman (8. Manuel Jekson, 87), 11. Norman Garbet (3. Adam Supik, 63), 12. Everton Oleari (2. Jekson Jervi, 46), 16. Den MakKey, 18. Benjamen Uolles (17. Oliver Fey, 63), 19. Kian Donkers (9. Oliver Kolloti, 63), 20. Lukas Kelli-Xold.

Zaxiradagilar: 13. Genri Grey, 21. Albert Kello-Xold, 7. Nora Karunaratne, 14. Finn Linder, 15. Aryan Raj.

Ogohlantirish: Umarali Rahmonaliev (10), Den MakKey (18), Everton Oleari (24), Abbos Fayzullaev (86).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston termasi bir ochko qo'lga kiritdi. Hali imkoniyat bor. Bu yigitlar xarakter ko'rsata olishdi. Kelasi o'yinda bemalol g'alaba qozonsa bo'ladi.

Biz 0:2ni 2:2ga aylantirdik va yana hujumlar uyushtiryapmiz. Yangi zelandiyaliklar esa butkul himoyalanishni o'ylamoqda. 

90+3. GOOOOOOOOLLLLL!!! ESANOVVVVV!!! Hisob tenglashdi! Bizda hali vaqt bor!

Uchrashuvga 9 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

86. Abbos Fayzullaev ogohlantirildi.

83. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: SHahzod Nematjonov Diyorbek Ortiqboev maydonga tushirildi.

83. Yangi Zelandiyada o'zgarish: Oliver Fey Benjamen Uollesni almashtirdi.

12243 nafar tomoshabin uchrashuvga tashrif buyuribdi

75. Ikki jamoa futbolchilari to'qnashib ketishdi. Tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

73. Rahmonalievning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

71. Xoldorxonovning zarbasi yo'liga yana raqib himoyachisi to'g'anoq bo'ldi.

68. Terma jamoamiz tarkibida ikki o'zgarish: Mahmudjon Mahamadjanov o'rniga Saidafzalxon Ahrorov, Behruzbek Asqarov o'rniga Rustam Turdimurodov o'yinni davom ettiradi.

63. Yangi Zelandiya tarkibida ikki o'zgarish: Norman Garbet va Kian Donkers o'rniga Adam Supik hamda Oliver Kolloti o'yinga qo'shildi.

60. Yangi Zelandiya futbolchisi qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi. Boymurodov ishonchli harakat qildi.

58. Zafarmurod Abdirahmatov jarima maydonchamizda qoida buzmagan holda raqibdan to'pni olib qo'ydi.

55. Terma jamoamiz futbolchilari ijrosida ketma-ket ikki xavfli zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! ABBOS FAYZULLAEV HISOBNI QISQARTIRDI!

50. Raqiblarimizda xavfli qarshi hujum yuzaga keldi. Darvozabonimiz to'pni egallab oldi. 

48. Asqarovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Olg'a, yigitlar! Kayfiyatni tushirmaymiz.

O'zgarishlar: Abdurazzoqov o'rniga Esanov maydonga tushirildi. SHuningdek, raqiblar safida Everton Oleari o'rniga Jekson Jervi bo'limni boshladi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda biz kutgan natijaga erishamiz.

45. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

41. Darvozamiz tomon yo'llangan ikkinchi zarba ham golga aylandi. Sizda televizorni o'chirib qo'yish imkoniyati mavjud. Ammo biz stadionda o'tiribmiz.

40. Ketma-ket hujumlar tashkil etyapmiz, ammo yana yakunda oqsayapmiz. Birinchi bo'limda hisobni tenglashtirib olishimiz kerak.

37. Xoldorxonovning zarbasini yana raqib himoyachilari to'sib qolishdi.

34. Ortiqboevning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

31. Terma jamoamiz ijrosidagi navbatdagi burchak zarbasi ham qaytarildi.

Yaqinda "Artel" televizorini sotib olgan tomoshabinlar

27. Yangi Zelandiya futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi.

24. CHap qanotda Fayzullaevga nisbatan qo'pollik ishlatildi va Everton Oleari ogohlantirildi.

23. Afsuski, darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Benjamen Uolles uzoq masofadan Boymurodov darvozasini ishg'ol qildi.

21. Abbos Fayzullaev qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasi yo'lini raqib himoyachisi to'sib qoldi.

20. Ikki himoyachimizning bir-biriga ishonib qolishi natijasida to'p yo'qotishimizga bir bahya qoldi.

18. Den MakKey Asqarovga nisbatan qo'pol o'ynagani sababli ogohlantirildi.

15. Xoldorxonovning zarbasidan keyin burchak to'pi ishlab oldik. Standart esa raqib posboni tomonidan bartaraf etildi.

12. Abduqodir Husanov sherigining xatosini to'g'rilash bilan birga raqibning xavfli hujumining oldini oldi.

10. Rahmonaliev maydon markazida o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi.

9. Abdurazzoqov raqib jarima maydoniga yaxshi kirib bordi, ammo so'nggi zarbani yo'llashga kechikdi.

5. Rahmonalievning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. SHu ruhda davom etamiz.

5. Mahamadjonovning uzatmasidan so'ng Fayzullaev zarba berishga kechikdi, ammo burchak zarbasi ishlab oldik.

3. Xavfli vaziyat! Fayzullaevning chap qanotdan bergan uzatmasini raqib himoyachisi bartaraf etdi.

2. Dastlabki daqiqalarda futbolchilarimiz to'pga egalik qilishmoqda.

1. Uchrashuvga start berildi!


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va ikki mamlakat madhiyalari ijro etildi.


Uchrashuv boshlanish arafasida turibdi. Ayni vaqtda bevosita Argentinaning Santyago del Estero shahridagi o'yingohdan turib ushbu uchrashuvni yoritib boramiz. Biz o'zimizdan "vatanparvar" yasab olmaganmiz. Kezi kelganda, jamoani tanqid qilamiz, kezi kelsa, keragidan ortiq ko'kka ko'taramiz. Bu haqda hamisha efir orqali bong urmasak-da, mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan istalgan jamoani sizlar kabi dildan yaxshi ko'ramiz va qo'llab-quvvatlaymiz. Biz reklama ulashadigan hamda "ura-ura" qiladigan vaqtimizni terma jamoa va raqiblar haqidagi malumotlarni topish uchun sarflashga, qolaversa, tanqidlarga tayyor turgan holda futbolchilar va kuzatuvchilarga kayfiyat ulashadigan noodatiy videomateriallar tayyorlashga harakat qilyapmiz. Yumor va satira nimaligini tushunadigan kishilar buni normal qabul qilishmoqda. Bildirilayotgan tanqidlarni to'g'ri qabul qilgan holda shu yo'sinda yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini batafsil yoritib borishda hamda kuzatuvchilarga kayfiyat ulashishda davom etamiz. Biz ham sizlar kabi yoshlar terma jamoamizning yorug' yuz bilan ortga qaytishini istaymiz hamda bor kuchimiz bilan qo'llab-quvvatlashda davom etamiz.

Taqdirni qarangki, bugun Yangi O'zbekistonimiz Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushmoqda! Olg'a, yigitlar!


Bugun yigitlarimiz oq, okeaniyaliklar esa qora rangli libosda harakat qilishadi.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati "A" guruhining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston — Yangi Zelandiya uchrashuvi boshlanish arafasida turibmiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика