So’nggi yangiliklar

15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  0 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  2 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  13 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8 08:34Шеригини «нокаут» қилган Бекмуродов жарима тўлайди. ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди  17 08:21Депайнинг агенти: «Бу ёлғон»  10

U-20 JCH. FIFA futbolchilarning haqiqiy yoshini aniqlash usulini tatbiq etmoqchi Yangiliklar

U-20 JCH. FIFA futbolchilarning haqiqiy yoshini aniqlash usulini tatbiq etmoqchi

Afrikadan kelgan futbolchilar yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida yorqin o'yin namoyish etishadi, lekin keyinchalik ularni Abu-Saxiydan ham topa olmaysiz. Bu esa ularning yoshiga nisbatan shubha uyg'otadi.

Afrika mamlakatlaridagi logistika va infratuzilma muammolari tufayli aholini ro'yxatga olish va ularni guvohnoma bilan taminlash dolzarb muammolardan biri bo'lib turibdi, bu holat bir necha marta isbotini topgan. SHu bois, Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) tomonidan o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlarida ko'rinishi va jussasidan otaxon, yo'q, sal oshirvordim, akaxonlarga o'xshaydigan yigitlarga maydonga tushishadi.

Endilikda FIFA tomonidan qo'llaniladigan ilmiy usul yordamida Afrika futbolchilarining yoshiga oid shubhalarga chek qo'yish imkoniyati paydo bo'ladi.

Bu sport uchun qulaylik taqdim etadimi?

"17 yoshdan oshgan o'yinchilarda biologik tekshiruvlar o'tkazishdan maqsadimiz yomon emas. Bazi mamlakatlarda fuqarolarning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasida noaniqliklar mavjud yoki guvohnomaning o'zi mavjud emas. Bunda futbolchi ham, o'sha davlat associaciyasi ham aydbor hisoblanmaydi", deydi FIFA va Afrika futbol konfederaciyasi Tibbiy qo'mitasi vakili Yasin Zerguini.

Muammo shundaki, mazkur qitada aslida katta yoshli bo'lgan "voyaga etmagan"lar bilan bog'liq ko'plab holat qayd etilgan va tasdiqlangan. Aytilishicha, tug'ilishni o'z vaqtida qayd etishdagi muammolar ana shunday "xatolar" yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. SHunisi aniqki, kuyovbola bo'lish yoshiga etgan va to'liq shakllangan yigitlar 17 yoshli futbolchilar o'rtasidagi turnirda ishtirok etsa, ularni jamlagan jamoa katta ustunlikka ega bo'ladi. Bunga Gana va Nigeriya misolida guvoh bo'lganmiz.

FIFAda haqiqiy yoshni aniqlovchi usul mavjud

Futboldagi "sportchilik mahorati"ni, sodda til bilan aytganda, "shpionlik"ga qarshi ilm-fan kurashadi. FIFA yoshlar toifasidagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan futbolchilar bilan IRM tadqiqotini o'tkazishga qaror qildi. Ushbu jarayonda ularning chap bilagi magnit-rezonans tomografiyadan o'tkaziladi.

Malumki, tananing ushbu qismidagi mushaklar, tog'ay qismi va suyaklar tana o'sishi bilan birga rivojlanishda davom etadi. Jarayon inson balog'atga etganida qayd etiladi. Erkaklarda bu jarayon 20-21 yosh atrofida sodir bo'ladi.

SHu orqali xalqaro maydondagi musobaqalarda mahallasidagi yosh bolalarga qarshi o'ynayotganday harakat qilayotgan ayrim "o'smir"larning haqiqiy yoshini aniqlash osonlashadi.

Keling, birgina Nigeriyaning turli yosh toifasidagi jamoalari ishtirokida qo'lga kiritgan yutuqlarini ko'rib chiqamiz. 

— 23 yoshgacha: 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasi chempioni, shunigdek, ushbu musobaqada kumush va bronza medal sohibi;

— 20 yoshgacha: ikki karra finalchi;

— ushbu yosh toifasida 7 karra Afrika Millatlar kubogi g'olibi;

— 17 yoshgacha: 5 marta chempion va uch marta kumush medal egasi; shuningdek, ushbu yosh toifasida ikki karra Afrika kubogi sohibi, ikki karra finalchi va bir marotaba bronza medal sovrindori bo'lgan.

Yuqoridagi tarif Braziliya yoki Germaniya emas, aynan Nigeriyaning turli yosh toifalarida erishgan natijalari sanaladi. Ammo milliy terma jamoa olti marotaba jahon chempionatida ishtirok etib, ularning uchtasida guruh bosqichidan o' tishga muvaffaq bo'lgan va har doim nimchorak finaldan ortga qaytgan.

Xo'sh, yuqori natijalarga erishgan yosh futbolchilar nega buni kattalar turnirida takrorlay olmayapti?

Magnit-rezonans tomografiya tizimini qo'llash tufayli ko'plab "voyaga etmagan"lar xalqaro musobaqalardan chetlatilmoqda. Faqat Nigeriya yoki Afrikadan emas, Meksikada ham shunday holat kuzatildi. Ammo eng ko'p holat baribir "qora qita"da sodir bo'ladi.

Nigeriya 2000 yilda "akaxon" o'yinchilarga ega bo'lgani uchun yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligidan mahrum qilingandi. SHuningdek, Kamerun futbol federaciyasi prezidenti Samuel Eto'O mamlakatda futbol imijini o'zgartirmoqchi. U har bir yosh toifasida belgilangan chegaradan oshib ketgan 32 nafar "yosh" o'yinchini chetlatdi.

FIFA turli yosh toifasidagi xalqaro musobaqalarda IRM usulini doimiy qo'llamoqchi. Yaqinda Nigeriya yoshlar terma jamoasi sardori Daniel Bayemi bilan bog'liq xabarlar tarqalgandi. Hujjatlarda uning saqich nomiga o'xshash — "Yum-Yum" klubida o'ynashi aytilgandi. Aslida esa ushbu klub mavjud emasligi aniqlandi. SHuningdek, ushbu futbolchi 17 yosh sifatida qayd etilgani ham kishini shubhalantiradi.

Barcha shubhalarga esa tadqiqot orqali oydinlik kiritilishi kutilmoqda.

Aytgancha, Nigeriya yoshlari bugun musobaqa mezboni — Argentinani musobaqadan chiqarib yubordi va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика