So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

U-20 JCH. Bugun O'zbekiston 1978 yilgi jahon chempionati o'tkazilgan stadionda o'ynaydi Yangiliklar

U-20 JCH. Bugun O'zbekiston 1978 yilgi jahon chempionati o'tkazilgan stadionda o'ynaydi

Ushbu majmua o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.

"Estadio Malvinas Argentinas" Argentinaning Mendosa shahrida joylashgan stadion bo'lib, o'z bag'riga 42 000 tomoshabinni sig'dira oladi. 

Mazkur hududdagi eng katta sport inshooti futbol bo'yicha 1978 yilgi jahon chempionatini o'tkazish maqsadida bunyod etilgan.

Stadionda futbol bilan bir qatorda regbi sport o'yinlari hamda musiqiy koncertlar ham bo'lib o'tadi. Mahalliy divizionda ishtirok etuvchi "Godoy Kruz" klubi bazi uchrashuvlarni ushbu maydonda o'tkazadi.

1966 yilning 6 iyulida Argentina 1978 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritdi. Tashkiliy qo'mita tomonidan San-Martin bog'i hududida quriladigan yangi stadion ham o'yinlarni o'tkazish uchun tavsiya etildi.

Majmua urugvaylik Rafael Vinoli tomonidan loyihalashtirildi va 1976 yil qurilish ishlari boshlandi. Maydon dastlab "Estadio Ciudad de Mendoza" deb nomlangan. O'yingohdagi ochilish uchrashuvi 1978 yilning 14 may kuni Mendoza va San-Rafael jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yiniga to'g'ri kelgan.

"Estadio Malvinas" 1978 yilgi mundialning oltita uchrashuviga mezbonlik qilgan.

1982 yildagi Folklend urushidan so'ng o'yingoh nomi "Estadio Malvinas Argentinas"ga o'zgartirildi. Yangi nom Argentinaning Folklend orollari ustidan suverenitetga davogarligini o'zida aks ettirishi lozim edi.

Inshootda ko'pgina klublar uy uchrashuvlarini o'tkazgan. So'nggi yillarda tomoshabinlar "Godoy Kruz" ishtirokida bellashuvlarni ushbu maydondan turib kuzatishgan.

Stadion 2011 yil Argentinada bo'lib o'tgan Amerika kubogi uchun qayta tamirlangan.

20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatining ko'pgina uchrashuvlariga ham aynan ushbu maydon mezbonlik qilmoqda. Jumladan, guruh bosqichi doirasidagi 12 hamda nimchorak finalning 2 o'yini aynan mazkur majmuada bo'lib o'tadi. 

"Estadio Malvinas" O'zbekiston yoshlar terma jamoasining nimchorak final doirasidagi Isroilga qarshi uchrashuvi mezboni bo'ladi.

O'yingoh o'zining tarixiy ko'rinishini saqlab qolgani va qulay hududda (tabiat qo'ynida, ulkan bog' hududida qad rostlagan) joylashgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Yashil maydon atrofida muxlislar maydonga tushib ketishining oldini olish maqsadida ariq qazilgan va u hozirgacha saqlanib qolgan.

Eslatib o'tamiz, U-20 jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan O'zbekiston — Isroil uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 31 mayga o'tar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика