So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  0 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  5 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

U-20 jahon chempionatining eng qimmat 5 nafar futbolchisi Yangiliklar

U-20 jahon chempionatining eng qimmat 5 nafar futbolchisi

Ushbu nomlar sizga tanish bo'lsa kerak.

Xabaringiz bor, 20 maydan 11 iyunga qadar Argentina yashil maydonlarida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga start beriladi. Kichik mundialda olti qitadan saralangan kuchli terma jamoalar bahs olib boradi. SHu jumladan, shakllanib borayotgan yosh iqtidor egalari ham o'zlarini namoyish etish payida bo'lishadi. Albatta, ularning aksariyati yosh bo'lishiga qaramay, etakchi klublarda o'rnini topishga ulgurdi hamda qimmatbaho o'yinchiga aylandi. Mundial starti arafasida turnirning eng qimmatbaho besh futbolchisi bilan tanishtirib o'tishga harakat qilamiz.

U-20 jahon chempionati: ishtirokchilar, stadionlar, chiptalar

5. Markinos (Braziliya)

Transfer narxi — 12 million evro

"Arsenal"ga tegishli bo'lgan braziliyalik o'ng qanot vingeri ayni damda mamlakatning boshqa klubi — "Norvich"da ijara asosida to'p tepadi. Baquvvat jussaga ega hamda chap oyoqda xavfli zarbalar yo'llash qobiliyatiga ega futbolchi turnir davomidagi harakati bilan "kanonirlar" uchun ham muhim futbolchi ekanligini isbotlasa, ajabmas.


4. Aleks Skott (Angliya)

Transfer narxi — 14 million evro

"Bristol Siti" markaziy yarim himoyachisi klubdagi debyutini 2021 yildayoq amalga oshirishga ulgurdi va bugungi kunda jamoaning muhim o'yinchilaridan biriga aylandi. Baland bo'yli futbolchi maydon markazida o'ynashiga qaramay, aldamchi va nozik harakatlar amalga oshirishdan cho'chimaydi, bu esa jamoasiga jamoasiga xavfli vaziyatlar yaratishda qo'l keladi. SHuningdek, u tezkorlik va sheriklarini qulay vaziyatlarga olib chiqishda ham mohir sanaladi. 


3. Karni CHukvuemeka (Angliya)

Transfer narxi — 15 million evro

"CHelsi"ning umidili markaziy yarim himoyachisi hozirdanoq ko'pchilik futbol ixlosmandlari uchun tanilishga ulgurdi. 19 yoshli yigitchaning uzun oyoqlari unga raqiblarini ortda qoldirishda hamda to'p uchun kurashda yordam beradi. Qolaversa, u "Aston Villa"da ham etarlicha tajriba to'plashga ulgurgan. Inglizlar "Pogba"sining driblinglaridan bo'lajak mundialda ham bahramand bo'lishimiz aniq. Maydon markazida CHukvuemeka–Skott juftligi raqib jamoalarga haqiqiy boshog'riq bo'ladi.


2. Markos Leonardo (Braziliya)

Transfer narxi — 15 million evro

"Santos"ning 9-raqamli "Ronaldo"si raqib jarima maydonida darvozabonlarga ulkan xavf tug'dira oladi. Ayniqsa, markaziy hujumchi birga-bir vaziyatlardan maksimal foydalanishga harakat qiladi. Tez orada mundial to'purarlari ro'yxatida Leonardoni ko'rishimiz mumkin. 


1. Andrey Santos (Braziliya)

Transfer narxi — 15 million evro

"CHelsi"ga tegishli yarim himoyachi hozirda voyaga etgan "Vasko da Gama"da ijara asosida o'ynaydi. Santos tezlik va kurashuvchanlik bilan bir qatorda ikkinchi qavatda ham faol harakatlanish xususiyatiga ega. Qolaversa, qo'shni mamlakat yashil maydonlari uning uchun begona emas.

MundialGACHA. Smolling, Ayyu, Tripperga qarshi o'zimizning Karimov, Nagaev, Quvvatovlar yoxud Misr-2009 Jahon chempionati

U-20 jahon chempionati statistikasi: Maradona, Messi va Holandlar nima karomat ko'rsatgan?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика