So’nggi yangiliklar

08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  3 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  1 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  3 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  77 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8

U-20 Jahon chempionatiga qura tashlandi. Kichik mundialda Osiyodan to'rtta jamoa qatnashadi Yangiliklar

U-20 Jahon chempionatiga qura tashlandi. Kichik mundialda Osiyodan to'rtta jamoa qatnashadi

Har ikki yilda bir marta o'tkazib kelinadigan FIFA U-20 Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Malumot uchun, ushbu mundial hisob bo'yicha 24-chisi bo'lib, shu yilning 27 sentyabr - 19 oktyabr kunlari Chilida tashkil etiladi.


Stadionlar

U-20 Jahon chempionatiga Chilidagi uchta stadion mezbonlik qiladi.

1. Estadio Nacional (shahar: Santyago, sig'imi: 48 ming)

2. Estadio El Teniente (shahar: Rankagua, sig'imi: 14ming)

3. Estadio Elías (shahar: Valparayso, sig'imi: 20 ming)

4. Estadio Fiscal de Talca (shahar: Talka, sig'imi: 16 ming)


Qura va guruhlar

Bugun ushbu musobaqaning final bosqichi uchun qura marosimi o'tkazildi. Qura natijalariga ko'ra, 24ta terma jamoa 4tadan 6 guruhga bo'lingan.

A guruhi: Chili, Misr, Yaponiya, Yangi Zelandiya.

B guruhi: Janubiy Koreya, Panama, Paragvay, Ukraina. 

C guruhi: Braziliya, Meksika, Marokash, Ispaniya.

D guruhi: Argentina, Avstraliya, Kuba, Italiya.

E guruhi: Franciya, Yangi Kaledoniya, JAR, AQSH.

F guruhi: Kolumbiya, Nigeriya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni.



U-20 Jahon chempionatiga formatiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa hamda eng yaxshi 4ta uchinchi o'rin egalari keyingi bosqichga yo'l oladi. 


Osiyodan 4 jamoa

Ushbu mundialda Osiyodan 4ta terma jamoa qatnashadi: U-20 Osiyo chempionati g'olibi - Avstraliya, shuningdek Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya. 

Avstraliya U-20 terma jamoasi guruh o'yinlarini Italiya, Kuba va olti karra U-20 Jahon chempioni Argentinaga qarshi o'tkazadi. Bu yoshdagi mundialda 10-marta ishtirok etadigan Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi esa guruhda Kolumbiya, Norvegiya va Nigeriya bilan bahs olib boradi.

1999 yilgi Jahon chempionati finaliga chiqqan Yaponiya yoshlar terma jamoasi bu safar guruh bahslarini Chili, Yangi Zelandiya va Misrga qarshi o'tkazadi. Darvoqe, bu Yaponiya uchun ketma-ket to'rtinchi mundial bo'ladi. Umumiy hisobda yaponlar 12 marta U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan.



2019 yilgi Jahon chempionati Polshada o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Janubiy Koreya 2-o'rinni qo'lga kiritgandi. Mana endi bu yil koreyaliklar kamida o'sha natijani takrorlashga urinib ko'rishadi. Janubiy Koreya U-20 terma jamoasi guruh uchrashuvlarini Ukraina, Paragvay va Panamaga qarshi o'tkazadi. 


X.Xoliqov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика