So’nggi yangiliklar

13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  0 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  0 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  3 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  1 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  6 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  5 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  20 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  5 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  3 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3

U-20 jahon chempionati. Maskerano tanlagan 21 nafar futbolchi Yangiliklar

U-20 jahon chempionati. Maskerano tanlagan 21 nafar futbolchi

Xabaringiz bor, 20 maydan 11 iyunga qadar Argentinada yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi.

Musobaqa mezbonlari "A" guruhida O'zbekiston, Gvatemala va Yangi Zelandiyaga qarshi ro'baro' keladi. 

Xaver Maskerano bo'lajak turnir uchun 21 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro'yxatni taqdim etdi. Mezbonlar ro'yxatida "Manchester Yunayted" futbolchisi Alexandro Garnacho, "Brayton" azosi Fakundo Buonanote va "Real Madrid" futbolchisi Niko Pas joy olmadi. Biroq tarkibda bir qator Evropada o'ynaydigan futbolchilar joy olishdi. Keling, ular bilan qisqacha tanishamiz.

Darvozabonlar

Federiko Gomes Gert ("Tigr")

19 yoshli posbon hali "yo'lbarslar"ning asosiy jamoasi safida debyut qilmagan bo'lsa-da, katta tajribaga ega hisoblanadi. Federiko 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoa safida to'p tepishga ham ulgurgan. Qolaversa, joriy yil Kolumbiyada o'tkazilgan 20 yoshgacha bo'lgan Janubiy Amerika kubogida ham Xaver Maskerano ro'yxatidan joy olgandi.

Lukas Lavanino ("River Pleyt")

"River Pleyt"ga Martin Demikelisning kelishi bilan 18 yoshli posbon o'zining dastlabki mavsumoldi tayyorgarligiga yakun yasadi. Ayni paytda u klubning ikkinchi jamoasining asosiy posboni hisoblanadi. Etiborli tomoni shundaki, u Maskerano tomonidan hali maydonga tushirilmagan.

Nikolas Klaa ("Lanus")

Maskerano ro'yxatidagi katta syurpirizlardan biri. "Lanus"ning zaxira posboni yoshlar termasi bilan birorta yirik turnirda ishtirok etmadi. SHunga qaramay, murabbiy unga imkon berishga qaror qildi. Bu esa Nikolas uchun imkoniyat bo'ladi.

Himoyachilar

Agustin Giay ("San-Lorenco")

19 yoshli o'ng qanot yarim himoyachisi Birinchi divizionda eng ko'p maydonda harakat qilgan futbolchilardan biri sanaladi: u 32 o'yin o'tkazdi, hatto "Boka Xuniors" darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. SHu bilan birga, Giay U-20 termasi safida 9 ta rasmiy o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

Tomas Aviles ("Rasing")

19 yoshli himoyachi U-20 Janubiy Amerika kubogida uchta o'yinda maydonga tushirildi. Maskeranodan qo'ng'iroq bo'lishi bilanoq, yosh yigitcha darhol ijobiy javob qaytardi. Aviles markaziy himoya va tayanch yarim himoyasida faol o'yin ko'rsatadi.

Lautaro Di Lollo ("Boka Xuniors")

"Boka Xuniors" yoshlar jamoasining markaziy va chap qanot himoyasida harakat qiluvchi o'spirin hali asosiy klub safida debyut qilgani yo'q. SHunga qaramay, u Maskerano jamoasining asosiy tarkib futbolchilaridan biri bo'lib kelmoqda.

Valentin Gomes ("Veles Sarsfild")

CHapaqay markaziy himoyachi qanotda ham o'ynay oladi. 19 yosh bo'lishiga qaramay, Gomes hozirdanoq klubning asosiy tarkibiga o'rnashmoqda. Yoshlar termasidagi ilk uchrashuvini AQSHga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan futbolchi o'z mamlakatidagi mundialda bor imkoniyatini ishga solishga harakat qiladi.

Roman Vega ("Barselona")

19 yoshli chap qanot himoyachisi 2022 yildan buyon kataloniyaliklarning "B" jamoasida to'p tepmoqda va bo'lajak mundialda himoyalanish va hujum tashkil etishda xavfli qurolga aylanishi kutilmoqda.

Valentin Barko ("Boka Xuniors")

19 yoshli futbolchi "Boka Xuniors" chap qanotining muhim figuralaridan biri sanaladi. Maldonado kubogi sohibiga aylangan Barko to'pig'idagi jarohat tufayli U-20 Janubiy Amerika kubogini o'tkazib yubordi. Ammo bo'lajak turnirda asosiy tarkib futbolchilaridan biri safida maydonga tushish ehtimoli yuqori.

Yarim himoyachilar

Federiko Redondo ("Argentinos Xuniors")

O'yin uslubi Busketsga qiyoslanayotgan "kichkina shahzoda"ning maydonni ko'rish qobiliyati juda yuqori. Redondo yoshlar termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etganiga qaramay, yirik turnirlarni o'tkazib yuborgandi.

Maksimo Perrone ("Manchester Siti")

Argentina futbolining marvaridlaridan biri o'tgan yilning boshida "Veles" safida debyut qildi va tezda jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi. Uning salohiyatini yuqori baholagan Pep Gvardiola futbolchini "Manchester Siti"ga olib keldi. Mamlakatning 16 yoshgacha bo'lgan termasida ham to'p tepishga ulgurgan yosh yulduzning qanday iqtidorga ega ekanligini guvohi bo'lamiz.

Jino Infantino ("Rosario Sentral")

CHap qanotning hujumkor yarim himoyachisi klub safida 68 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Maskerano uchun bunday o'yinchilar juda muhim sanaladi. Qolaversa, Infantino U-20 Janubiy Amerika kubogida jamoa sardori sifatida harakat qilgan.

Ignasio Miramon ("Ximnasiya")

Maskerano tanlovidagi kutilmagan futbolchilardan yana biri bo'lgan Miramon terma jamoa ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvlariga jalb etilganiga qaramay, unchalik ishonchga ega emasdi. Ehtimol, mutaxassis yo'qotishlar o'rniga ushbu tanlovni amalga oshirgan bo'lishi mumkin.

Valentin Karboni ("Inter")

10-raqamdagi yuqori dribling sohibi yoshlar terma jamoasining asosiy futbolchilaridan sanaladi. Qiziq tomoni shundaki, avvaliga Karboni Italiya U-17 jamoasida harakat qilib, 11 uchrashuvda 4 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. SHuningdek, u milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skalonining etiboriga tushgan va bir necha bor yig'inga jalb etilgan.

Xuan Gauto ("Urakan")

18 yoshli "Urakan"ning hujumkor yarim himoyachisi klub safida ham o'z o'rniga ega futbolchilardan biri sanaladi. Gauto yoshlar terma jamoasi bilan Maldonado kubogida chempion bo'lishga ham erishdi.

Hujumchilar

Matias Sule ("Yuventus")

Garnacho, Paz, Buonanotte kabi futbolchilar yo'qligida Sule Maskeranoning ishongan tog'i bo'lishi talab etiladi. Allegri ham uni "Yuve"da Di Mariyaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. SHuningdek, u Argentina milliy terma jamoasi yig'iniga ham chaqirilgan.

Luka Romero ("Lacio")

Boshqalardan farqli o'laroq, Romero Argentinaning uchta yosh toifasidagi (U-15, U-17, U-20) libosini kiyishga ulgurdi. 2020 yil "Malorka"da debyut qilishga ulgurgan Romero 9 o'yinda bitta gol urdi. 2021 yil esa yosh yigitcha "Lacio"ga o'tib, 21 uchrashuvda bitta to'p kiritdi. Bo'lajak mundialda Lukaning 11 talik tarkibdan o'rin olish ehtimoli yuqori.

Alexo Veliz ("Rosario Sentral")

19 yoshli hujumchi terma jamoa bilan U-20 Janubiy Amerika kubogining to'rtta uchrashuvida ham maydonga tushirildi. 9-raqamli forvard to'p bilan o'ynashda yaxshi harakatlanadi, qolaversa, ko'p yuguradi va bo'shliq hosil qilishda faol.

Brayan Agirre ("Nyuells Old Boyz")

20 yoshli "Nyuells Old Boyz" vingeri ikkala oyoqda ham samarali o'ynash qobiliyatiga ega. Agirre Argentina Birinchi divizionida 29 uchrashuvda maydonga tushdi. U yoshlar termasiga muntazam chaqirib kelinmoqda.

Ignasio Maestro Puch ("Atletiko Tukuman")

"Atletiko Tukuman" kashfiyoti klub safida allaqachon 29 o'yin o'tkazib, ikki bor raqib posbonlarini ranjitdi. 19 yoshli forvard yoshlar termasi ishtirokidagi ko'pgina o'yinlarda hal qiluvchi vazifani bajargan. Puch raqib himoyachilariga bosim o'tkazishda yuqori mahoratga ega hisoblanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика