So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

⚡️ U-20 Jahon chempionati-2023'ga qaysi termalar yo'l olib bo'lgan? Yangiliklar

⚡️ U-20 Jahon chempionati-2023'ga qaysi termalar yo'l olib bo'lgan?

Bugun O'zbekistonda o'ziga xos futbol bayrami – 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi bahslari boshlanadi.

Musobaqada muvaffaqiyatga erishgan 4 ishtirokchi yoshlar o'rtasidagi mundialga yo'l oladi.

U-20 jahon chempionati 20 may kuni Indoneziyada boshlanadi va 11 iyunga qadar davom etadi.

Bo'lajak mundialda qatnashadigan 24 termadan 16 tasining nomi malum bo'lib ulgurgan. Indoneziya mezbon sifatida qatnashmoqda va avtomatik tarzda "A" guruhidan o'rin oladi.

Indoneziya – mezbon (2-marotaba qatnashadi);

KONKAKAF – Dominikan Respublikasi (1), Guatemala (2), Gonduras (9), AQSH (17);

KONMEBOL – Braziliya (19), Kolumbiya (11), Ekvador (5), Urugvay (16);

Okeaniya – Fiji (2), Yangi Zelandiya (7);

Evropa – Angliya (12), Franciya (8), Isroil (1), Italiya (8), Slovakiya (2);

*Osiyo va Afrikadan yana 4 tadan ishtirokchi qo'shiladi.

U-20 JCHning amaldagi g'olibi Ukraina hisoblanadi. Eng ko'p titulni Argentina (6 ta), Braziliya (5) qo'lga kiritgan. SHuningdek, Portugaliya va Serbiyada 2 tadan sovrin bor.

O'zbekiston esa U-20 jahon chempionatida 4 marta ishtirok etgan. 2003  (Argentina, Ispaniya va Mali bilan) va 2009 (Gana, Urugvay, Angliya) yillarda guruh bosqichida qatnashgan. 2013 (Franciyaga yutqazgan) hamda 2015 (Senegal) yillarda chorak finalga etib borgan.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика