U-19 Osiyo chempionati. Kelasi yil O'zbekistonga Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi jamoalar tashrif buyuradi

Xayrulla Xoliqov
10 noya 2019, 21:16
2020 yil o'zbek futboli tarixida birinchi marta yurtimizda U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqa uchun saralash bahslari o'z yakuniga etay deb qoldi. Shu paytgacha 11ta guruhdan oltitasida saralash bosqichi o'z nihoyasiga etdi va guruhda birinchi o'rinni egallab kelasi yil O'zbekistonga tashrif buyuradigan jamoalar ma'lum bo'ldi. 

Bugungi uchrashuvlardan so'ng Malayziya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Indoneziya guruh peshqadami sifatida U-19 Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida Tojikiston yoshlar terma jamoasi birinchi bo'lib qita birinchiligi ishtirokchisiga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia