U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralashi. Afg'oniston ham mag'lub etildi
08 noy 2019 18:59
Yangiliklar
U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralashi. Afg'oniston ham mag'lub etildi
O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o'rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg'oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o'tkazilmoqda.
Ilk uchrashuvni vakillarimiz hindistonlik tengqurlariga qarshi o'tkazib 2:0 hisobida g'alabaga erishishgadi. Bugun esa Afg'oniston xuddi shu hisobda taslim etildi - 2:0. Gollarga Odilbek Abdumajidov va Diyorbek Rahimqulov mualliflik qilishdi.
U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralashi
O'zbekiston – Afg'oniston 2:0
Gollar: Odilbek Abdumajidov (36), Diyorbek Rahimqulov (41).
O'zbekiston U-19: Abduvohid Nematov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimhalil Yuldoshev, Ulug'bek Xoshimov, Jasurbek Jaloliddinov, Sunnatilloxon Hamidjonov, Diyor Ramazonov, Ruslan Roziev, Muzaffar Olimjonov, Xurshidbek Ubaydullaev, Diyorbek Rahimqulov
Zaxira: Saidazamat Mirsaidov, Davron Anvarov, Alibek Davronov, Xojimat Erkinov, Ibrohim Ibragimov, Behzod SHamsiev, Asadullaxon Polvonov, Eldorbek Begimov, Islomjon Abdullaxonov, Muhammadqodir, Rahimberganov Otabek Jo'raqo'ziev
“F” guruhi o'yinlari taqvimi
6 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – Afg'oniston 1:0
17:05 | O'zbekiston – Hindiston 2:0
8 noyabr
17:05 | Afg'oniston – O'zbekiston 0:2
21:05 | Hindiston – Saudiya Arabistoni
10 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
17:05 | Hindiston – Afg'oniston
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar