So’nggi yangiliklar

18:07Про лига. "Шўртан" ва "Дўстлик"нинг асосий таркиблари маълум  0 17:51Ўзбекистон МТЖ футболчиларига кўрсатилган сариқ карточкалар бекор қилинди  2 17:26Про лига. "Арал" ва "Қўқон-1912"нинг асосий таркиблари маълум  0 17:05Анчелотти: "Septete" ҳақида ҳеч ким гапирмаяпти"  0 16:18Рўзиқул Бердиев: "Осиё чемпионлар лигасида финалга қадар етиб боришни мақсад қилганмиз. Жорий мавсум клубимиз чемпионликни қўлга киритиш учун жиддий ёндашган"  10 15:50Расман: Лондон ва Мадридда сарсон бўлган Евро вице-чемпиони "Атлетико"га ўтди  2 15:31Ҳимоясизларни "талаш" осонми?  22 14:29Бензема "Ал Иттиҳод" Манени сотиб олишини истамоқда — клублар музокарани бошлаб юборган  2 13:56"Ҳаммамиз оламдан ўтадиган кунимиздан қўрқамиз. Лекин, ҳаёт - бу ўлим ҳам демакдир"  15 13:24"Барселона" Гюндоганни текинга қўйиб юбораётганининг сабаби маълум қилинди   5 13:00"Холанд? Салаҳ ва Агуэро кичик жамоалардан кўра катта жамоаларга кўпроқ гол уришган"  2 12:13Укадан устун келган ака ГАЛЕРЕЯ  3 11:41Каррагер "Челси"нинг трансферлари ҳақида: "Бўлдида энди. Феликс қаерда кийим алмаштиради?"  9 11:23Ҳаммамиз севган УЕФА Чемпионлар лигаси мадҳияси ўзгарди  11 11:11А Серия дебютанти тўхтамаяпти! Фабрегас жамоаси "Реал" футболчиси кетидан "Барселона" ва "Манчестер Сити" ўйинчилари билан ҳам келишувга эришди  2

U-18 musobaqasi chempioni bo'lgan "Nasaf" haqida Yangiliklar

U-18 musobaqasi chempioni bo'lgan "Nasaf" haqida

Birinchi bor PFL tomonidan tashkil etilgan U-18 chempionatida "Nasaf" tarbiyalanuvchilari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Aytish mumkinki, ushbu musobaqani tashkil etib PFL juda to'g'ri yo'l tutdi. Bu fikrni ko'plab klublar vakillari ham tasdiqlashdi. Negaki bu yoshdagi bolalarning bazilari o'rinbosarlar tarkibiga o'tib, aksariyati shunchaki o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgandi. Mana endi Superliga klublari tarbiyalanuvchilari o'rtasida U-18 chempionati yo'lga qo'yilib ko'plab yoshlar o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi. 

Musobaqaning yana bir qiziq tomoni o'yinlar hammamizga tushunarli formatda o'tkazildi. 12ta jamoa bir-biriga qarshi ikki davrali tizimda bahs olib bordi. Bir tomondan 22ta o'yin etarli bo'ldi. Qolaversa, endi 18 yoshga kiradigan futbolchilar uchun chempionat tartibida o'ynash hozirdan ularga maktab vazifasini o'taydi va shu orqali katta o'yinlarga tayyorgarlik boshlanadi. 

SHunday qilib ilk bor tashkil qilingan U-18 musobaqasida "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari chempionlikni qo'lga kiritishdi. Qarshiliklar o'tkazilgan 22ta uchrashuvning 16tasida zafar quchib, ikki bor durang o'ynab jami 50 ochko to'plagan holda birinchi bo'lishdi. Jamoa faqat to'rtta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati ham boshqa jamoalarga qaraganda eng yaxshi ko'rinish oldi: 75-20.

Albatta, bu musobaqada "Paxtakor" yoki "Bunyodkor"ning chempion bo'lishi taxmin qilingandi, zero har ikkala klub ham o'zining yaxshi tarbiyalanuvchilariga ega. Ammo "Nasaf" futbolchilari ham qarab turishmadi, qolaversa bosh murabbiy Valentin Poddubniy har bir o'yinga shogirdlarini munosib tayyorlay oldi. 

SHu o'rinda biroz raqamlarga etibor qaratsak. "Nasaf" 22ta o'yindan 16tasida zafar quchganini aytib o'tdik. Qizig'i, 16ta g'alabadan naqd 10tasi yirik ko'rinish oldi. Hisoblar orasida 4:0, 5:0dan tashqari hatto 8:0, 10:0 ham bor. Quyida yirik natijalar qayd etilgan o'yinlarni keltirib o'tamiz. 

2-tur. 26 may
"Nasaf" – "Buxoro" 3:0 
3-tur. 2 iyun
"Qizilqum"  – "Nasaf" 0:3
4-tur. 9 iyun
"Nasaf" – "Metallurg" 3:0
9-tur. 18 avgust
"Nasaf" – "So'g'diyona" 4:0
12-tur. 15 sentyabr
"Nasaf" – "Neftchi" 10:0
14-tur. 29 sentyabr
"Nasaf" – "Qizilqum" 8:0
16-tur. 13 oktyabr
"Nasaf" – "Navbahor" 5:0 
18-tur. 27 oktyabr
"Nasaf" – "Qo'qon-1912" 8:0
19-tur. 3 noyabr
"Nasaf" – "AGMK" 5:0
21-tur. 17 noyabr
"Nasaf" – "Bunyodkor" 4:0

Ko'rib turganingizdek, yirik hisoblarning birortasida "Nasaf" gol o'tkazib yubormagan. Bu esa nafaqat hujumchilar, balki darvozabon bilan himoyachilar ham yaxshi harakat qilganini ko'rsatadi. PFL tomonidan U-18 chempionati o'tkazilishi elon qilingach, "Nasaf"ning bu yoshdagi futbolchilariga dastlab Nurali Sultonov bosh murabbiy etib tayinlandi. 

Unga kosonlik sobiq futbolchi Nasim SHoyimov yordam bera boshladi. Nurali Sultonov 1-turdan 6-turgacha jamoani boshqardi. SHundan so'ng Qarshi shahrida tashkil etilgan O'FA akademiyasiga direktorlikka o'tib ketgach, jamoani Valentin Poddubniy qabul qilib oldi. Katta stajga ega muxlislar Valentin Poddubniyni yaxshi bilishadi. U o'z vaqtida "Neftchi" tarkibida O'zbekiston chempioni bo'lgan. SHuningdek, "Nasaf"da ham o'ynagan.

7-turdan jamoa bosh murabbiyligini qo'lga olgan Poddubniy buyog'iga yigitlarni yana olg'a boshladi. Poddubniyning ilk o'yini safarda "Qo'qon-1912" bilan bahsga to'g'ri keldi va bunda qarshilik "ajdarlar" 3:2 hisobida zafar quchishdi. Nurali Sultonov qo'l ostida jamoa uchta o'yinda yirik g'alaba qayd etgandi, Poddubniy boshligida bu ko'rsatkich 7ta yirik g'alabani tashkil etdi. 

Eng dahshati Qarshida "Neftchi" bilan kechgan bahsda ro'y berdi. Bunda "Nasaf" 10:0 hisobida g'alaba qozondi. SHuningdek, Qarshida kechgan o'yinlarda maydon egalari "Qizilqum" bilan "Qo'qon-1912" bir xil 8:0 hisobida mag'lub etildi. Bu nimadan darak beradi? Bu qaysi klub o'z tarbiyalanuvchilariga qanday etibor qarayotganini ko'rsatib berdi. Futbolda o'ta yirik hisoblar o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Qolaversa, U-18 musobaqasi yosh bolalar chempionati emas. Bu yoshdagi futbolchilar ochkoli tizim nimaligini juda yaxshi bilishadi.

"Nasaf" faqat ikki marta durang o'ynadi (har bir davrada bittadan): o'z maydonida "Paxtakor" va safarda "So'g'diyona" bilan. SHuningdek, to'rtta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Mag'lubiyatlar faqat safardagi bahslarda yuz berdi. "Nasaf" futbolchilari Farg'onada "Neftchi", Namanganda "Navbahor", Bekobodda "Metallurg" hamda Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi bahslarda yutqazib qo'yishdi. Ammo qo'lga kiritilgan g'alabalar "Nasaf"ning chempion bo'lishi uchun etarli bo'ldi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, PFL U-18 musobaqasini tashkil qilib juda yaxshi ishni amalga oshirdi. Agar bu chempionat muntazam davom etsa bundan har tomonlama foyda. CHunki shu orqali yoshlar tajriba to'plab boradi. Qolaversa, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylari uchun ham futbolchi tanlab olishda qulay bo'ladi. "Nasaf"ning chempion bo'lgani esa bejizga emas va bu natija to'satdan ro'y berib qolgani yo'q. Bu Qarshida klub akademiyasi yaxshi ishlayotganini bildiradi.

Akademiyaning yaxshi holatga kelishiga esa bugungi kunda klub bosh menejri bo'lib ishlayotgan Sergey Kucherenkoning qo'shgan hissasi katta. CHunki o'z vaqtida akademiyani oyoqqa turg'azgan asosiy insonlardan biri shu kishi bo'ladi. Bugungi kunda "Nasaf"ning asosiy tarkibida bir nechta o'z tarbiyalanuvchilari harakat qilmoqda. Erta bir kun U-18 musobaqasida g'olib chiqqan yigitlardan ham kimnidir "Nasaf" libosida Superliga o'yinlarida ko'rib qolsak ajab emas.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика