U-17 xalqaro o'rtoqlik o'yini. O'zbekiston bu safar Urugvayga kichik hisobda yutqazdi
07 mar 2023 09:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/742388_original.jpg)
![](/upload/storage/742388_220.jpg)
U-17 xalqaro o'rtoqlik o'yini. O'zbekiston bu safar Urugvayga kichik hisobda yutqazdi
Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni Lotin Amerikasida olib borayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi Urugvayga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida qatnashdi.
Bahsda 2:1 hisobida mezbonlar g'alaba qozondi. Mehmonlardan esa Lazizbek Mirzaev to'p kiritdi. Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari ilk o'yinda 2:5 natijasi bilan mag'lub bo'lgandi.
U-17 xalqaro o'rtoqlik o'yini
Urugvay – O'zbekiston 2:1
O'zbekiston (asosiy tarkib): Asilbek Numonov, MuhammadBobur Karimov, Ozodbek Uktamov, Lazizbek Mirzaev (gol), Amirbek Saidov, Behruz Jumatov, SHodiyor SHodiboev, Ollabergan Karimov, SHerzod Abdulboriev, Oybek O'rmonjonov, Dilshod Abdullaev.
Zaxiradagilar: Ozod Sotvoldiev, Azizbek Tulkunbekov, Behruz SHukurullaev, Abdulhamid Turg'unboev, Quvonch Abraev, Aminbek Yokubov, Muhammadali Reimov, Muhammadyusuf Sobirov, Mamadalixon Olimov.
O'zbekiston endi 8-10 mart kunlari Argentina bilan bahslashadi.
O’xshash yangiliklar
11:44
O'zbekistonga qarshi Toshkentdagi o'yinda Eron etakchilari o'rtasida kelishmovchilik sodir bo'lgan 0
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar