So’nggi yangiliklar

21:55Влаховичнинг олдида икки вариант бор  0 21:35Расман: ОКМК яна бир собиқ футболчисини қайтарди  0 21:21Моуринью "Бенфика"нинг тўққизинчи матбуот анжуманида қатнашмайди  0 20:59Владимир Бубаня: "Ҳаётимда кўп нарса шу рақам билан боғлиқ"  1 20:44ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:24"Арсенал" Сака билан шартномани узайтирди  0 19:58Бир қатор Европа клублари Гринвудга қизиқмоқда  0 19:35Бразилия Лиссабондаги ирқчилик ҳодисасидан кейин Винисиус Жуниорни қўллаб-қувватлади  3 19:11Расман: Аҳмадалиев янги мавсумда ОКМК шарафини ҳимоя қилади  2 18:43"Арсенал" Гарначога даъвогар  2 18:16Магуайрнинг собиқ мураббийи уни жамоасида кўрмоқчи  0 17:48Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"  18 17:20"Бенфика" вингери Престианни Винисиуснинг айбловига жавоб берди  8 16:52"Ўзбекистон" стадиони янги мавсумга тайёрланмоқда  0 16:25Расман: "Машъал" африкалик футболчилар билан битим тузди  2

U-17 JCH. O'zbekistonning dastlabki raqibi Mali haqida nimalarni bilish lozim? Yangiliklar

U-17 JCH. O'zbekistonning dastlabki raqibi Mali haqida nimalarni bilish lozim?

Bugun 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi.

JCHdagi ishtirok tarixi

Malilik o'smirlar 5 marotaba kichik mundialda ishtirok etib, eng yaxshi natijasini CHilida bo'lib o'tgan 2015 yilgi turnirda qayd etgan. O'shanda Afrika jamoasi finalga qadar etib borgan va Nigeriyaga imkoniyatni boy berib qo'ygan. Oxirgi musobaqada esa saralash bosqichidan o'ta olmagan. Umuman olganda, Mali ishtirok etgan beshta turnirning to'rttasida chorak finalga qadar etib borgan.

Saralash bosqichi

Mali U-17 Afrika millatlar kubogi guruh bosqichida Burkina-Faso (1:0) va Kamerun (2:0) jamoalarini mag'lub etib, guruh g'olibi sifatida pley-offga yo'l oldi. CHorak finalda esa ular Kongoni yirik 3:0 hisobida taslim etdi. Yarim finalda Marokashga qarshi bahsda esa hisob ochilmadi, biroq penaltilar seriyasida Mali 5:6 hisobida yutqazdi. 3-o'rin uchun bahsda ham Burkina-Fasoga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHunga qaramay, Mali jahon chempionatiga yo'l olgan Afrikaning to'rt jamoasidan biri bo'ldi.

Mundialga tayyorgarlik

Mali o'smirlar terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni dastlab o'z mamlakatida o'tkazdi, so'ngra 20 oktyabr kuni Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi. Malidagi tayyorgarlik davomida mahalliy jamoalar — "Joliba" (2:2), "Afrika Fut" (4:3), "ATS" (2:1) va "AFE" (2:0)ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi.

Arab diyorida 6 noyabrga qadar davom etgan yig'inda raqibimiz ekvadorlik tengqurlariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 4:1 hisobida zafar quchdi.

Tarkib

"Burgutlar" murabbiyi Sumayla Kulibali Indoneziyaga deyarli Afrika millatlar kubogida ishtirok etgan tarkibni olib ketdi. Faqatgina jarohatlangan futbolchilar o'rnini boshqalari bilan to'ldirdi.

Darvozabonlar

KONE Burama (Elleni Olimpik), SIDIBE Diagin (Bamako), DUMBIYA Seriba (Bamako).

Himoyachilar

TRAORE Mussa (Bamako), SANOGO Suleyman (Yilen), TRAORE Issa (Joliba), KONE Seku (Guidars), KONE Gaussu (Yilen), KULIBALI Bay (Etual Dyu Mande), DIOP Mussa Massir (Guidars).

Yarim himoyachilar

MAKALU Hamidu (Guidars), SISSOKO Modibo (Guidars), TIA Anj Marsyal (Afrika Fut Elit), TIERO Usmon (AS Bamako).

Hujumchilar

DIARRA Ibrohim (Afrika Fut), LEYNTU Salif Noy (Betesda), KANATE Ibrohim (Afrika Fut Elit), TRAORE Badra (Mec, Franciya), DUMBIYA Mamadu (Blek Stars), BERRI Mahmud (Etual Dyu Mande), DIARRA Usmon (Genereshn Fut).

Futbolchi va murabbiylar O'zbekistonga qarshi o'yin haqida qanday fikrda?

Sumayla Kulibali (Mali bosh murabbiyi):

"Birinchi o'yinda muvaffaqiyat qozonish hamisha qiyin, ayniqsa, jahon chempionati kabi musobaqada. Lekin shu paytgacha erishgan natijalarimizdan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori. Mali xalqini xursand qilish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz".

Ibrohim Diarra (Mali sardori):

"Biz har qanday jamoa bilan to'qnash kelishga tayyormiz. Indoneziyaga shuning uchun kelganmiz. InshaAlloh, biz ushbu jahon chempionatida sharafli natija qayd etamiz".

Eslatib o'tamiz, "B" guruhidan o'rin olgan Mali — O'zbekiston uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика