So’nggi yangiliklar

23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  1 22:57Португалия — Испания. Роналду ва Ямал асосий таркибда  12 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  40 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  11 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  8 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  28 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  15 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1

U-17 JCH. O'zbekiston kambek qayd etib, Ispaniya bilan durang o'ynadi Yangiliklar

U-17 JCH. O'zbekiston kambek qayd etib, Ispaniya bilan durang o'ynadi

U-17 Jahon chempionati "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

U-17 Jahon chempionati

"B" guruhi. 3-tur

O'zbekiston – Ispaniya 2:2 (TUGADI)

"Manahan" stadioni. Surakarta. 14:00

Hakamlar: Avgusto Aragon, Rikardo Baren, Andres Guttierez (uchalasi – Ekvador), Yudi Nursahyaga (Indoneziya)

VAR: Jon Perdomo (Kolumbiya)

AVAR: Ismael Korneyo (Sloveniya)

Gol: Igor Oyono (Robertor Martin) 10, Roberto Martin (Mark Bernal) 20, Behruz SHukurullaev 45+4, Amir Saidov 54

O'zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 4.Behruzjon Karimov (18.Jasur Hikmatullaev,56) 5.Azizbek To'lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzaev (s), 8.Behruz SHukurullaev, 9.Amirbek Saidov (14.SHodiyor SHodiboev,86) 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollabergan Karimov (3.Yahyo O'rinboev,86), 19.SHerzod Abdulboriev, 20.Dilshod Abdullaev.

Zaxira: 1.Jahongir Bo'riev, 12.Jahongir Mamatqulov, 2.Aminbek Yoqubov,  6.Ozodbek O'ktamov, 10.Abdulhamid Turg'unboev, 11.Quvonchbek Abraev, 15.Ozodbek Ergashov, 

Ispaniya: 1.Raul Ximenes, 4.Yon Martin, 7.Pablo Lopes (19.Daniel Yanez,64) 8.Roberto Martin, 11.Peio Xuestamendia ( 20.Yago Paulo,74) 12.Igor Oyono (9.Mark Guiu,79) 14.Izan Merino, 15.Andres Kuenka, 16.Mark Bernal (8.Pau Prim, 64), 17.Oskar Mesa, 18.Kuim Junyent (10.Xuan Ernandes,64)

Zaxira: 13.Fran Abrol, 21.Markos Gonsales, 2.Ektor Fort, 3.Dani Munos, 5.Pau Kubarsi, 

Ogohlantirish: Yon Martin (Ispaniya) 47

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. Iroda uchun rahmat yigitlar!

90+8. So'nggi soniyalar. Janob hakam chaling hushtakni! Tamom. Bo'ldi. 

90+5. Ispaniya jarima zarbasi ishladi. Uzatma noaniq. 

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi. Yana 8 daqiqa futbol ko'ramiz. 

85. O'ZGARISH. O'zbekiston, Ollabergan Karimov o'rniga Yaxyo O'rinboev, Amir Saidov o'rniga SHodiyor SHodiboev tushdi. 

83. Yanez chap qanotdan kirib borib zarba yo'llashga harakat qildi. Himoyachilarimiz xavfni bartaraf etdi. 

82. Muhammadyusuf Sobirov Martinning zarbasini xotirjam ushlab oldi. 

80. Guruhdagi keyingi uchrashuvda Mali Kanadani 3:1 hisobida taslim qilmoqda. 

79. O'ZGARISH. Ispaniya, Igor Oyono o'rniga Mark Giuu tushdi. 

78. O'yin davom etadi. 

77. Suv ichib olish uchun bir daqiqalik tanaffus.

74. O'ZGARISH. Ispaniya Peio Xuestamendia o'rniga Yago Paulo tushdi. 


73. Maydon markazida To'lqinbekovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Barchasi joida. 

64. O'ZGARISH. Ispaniya, Kuim Junyent o'rniga Xuan Ernandes, Mark Bernal o'rniga Pau Prim, Pablo Lopes o'rniga Daniel Yanez tushdi. 

57. Ispaniya murabbiylari bir yo'la 3ta o'zgarish tayyorlamoqda. 

56. O'ZGARISH. O'zbekiston, Behruzjon Karimov o'rniga Jasur Hikmatullaev tushdi

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Amir Saidovning goli inobatga olindi. Yashavor Amir!

55. Hakam VAR bilan gaplashmoqda. 

53. Amir Saidov raqibidan qochib ketib darvozani ishg'ol qilgandi. Lekin gol hisobga olinmadi. Amir o'yindan tashqari holatda qolgan, deya xulosa berishdi. VAR bor!

47. OGOHLANTIRISH. Yon Martinga sariq kartochka ko'rsatildi. 

46. ZARBAAAAAA. Reimovning zarbasi juda xavfli chiqdi. Pressing natijasida to'pni olib qo'yishga erishdik. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. 

Tanaffusga ruhan ustunlik bilan kirib ketyapmiz. Bo'shashmaymiz. 

45+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Ispaniya himoyachilari va darvozabonlari bir-birini tushunmay qoldi. Saidov bosimni davom ettirdi. SHukurullaev esa vaziyatga nuqta qo'ydi, 1:2. Hisob qisqardi.

 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Mirzaevning burchak zarbasidan so'ng Abdullaev va Raul Ximenes to'qnashib ketdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. 

40. Vakillarimizda burchak zarbasi. 

33. ZARBAAA. Ispaniya burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Jon Martinning boshi bilan yo'llagan zarbasini Jumatov darvoza chizig'i ustidan qaytardi. 

31. ZARBAAA. Azizbek To'lqinbekovning zarbasi darvoza to'sini yonidan himoyachilarga tegib o'tib ketdi. Burchak zarbasiga egamiz. 

25. Yo'qotadigan hech narsa yo'q! Oldinga o'tish kerak. 

18. GOL. Sobirov yana nima qilib bersin? Mark Bernalning 17 metrlardan yo'llagan birinchi zarbasini Sobirov qaytardi. Qaytgan to'pdan so'ng Martin darvozaga zarba yo'lladi. Sobirov unda ham seyv qildi. Lekin oxirgi urinishda Martin darvozamizga yo'l topdi. Himoyachilarimiz bu vaziyatda futbolchini bo'sh qoldirgandi. 

14. Uchrashuvning bu daqiqasiga kelib nihoyat biz ham oldinga o'tdik. Laziz Mirzaevning zarbasi kuchsiz chiqdi. 

12. Yana o'sha o'ng qanotdan raqib hujumini o'tkazib yubordik. Sobirov to'pni ushlab oldi. 

9. GOL. Ispaniya uchrashuvda hisobni ochdi. Dastlab Robertor Martin chaqqon harakatlar bilan yorib kirib ohista zarba yo'lladi. Sobirov qaytargan to'pni Igor Oyono darvozamiz to'riga joylab qo'ydi. 

6. Ispaniyaning ikki qanotlarni ishga solgan holda himoyamizni yorib kirishga harakat qilyapti. 

5. Bu safar o'ng qanotdan Izan Merino kirib borib zarba yo'lladb ko'rdi. Noaniq. 

4. Yana o'sha Pablo chap qanotdan to'pni yuqorilatib jarima maydonchamizga uzatdi. Sobirov to'pga yaxshi chiqib keldi,

3. SEEEEYV. Ispaniya futbolchisi Pablo Lopesning jarima maydonchamizga uzatib bergan to'pini Muhammadyusuf Sobirov qaytardi.

 

O'yinga start berildi. Olg'a O'zbekiston!

- Uchrashuv 14:00da boshlanadi. 

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика