So’nggi yangiliklar

02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  23 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  4 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  2 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  2 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  15 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  24 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3

U-17 JCH. Kanada haqida nimalarni bilish lozim? Yangiliklar

U-17 JCH. Kanada haqida nimalarni bilish lozim?

Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi SHimoliy Amerika mamlakati jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Jahon chempionatlaridagi ishtirok

Kanadalik o'smirlar o'z tarixida etti marotaba ushbu yosh mintaqasidagi mundialda ishtirok etib, biror marotaba guruh bosqichidan nariga o'ta olishmagan. Bundan tashqari, ular o'z tarixida davomida hali biror o'yinda g'alaba qozonishning uddasidan chiqmagan.

Saralash bosqichi

Musobaqani "F" guruhida boshlagan Endryu Oliveri shogirdlari Trinidad Tobago (3:2), Barbados (2:0) va AQSH (0:1) bilan kurash olib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Nimchorak finalda Gaitini 3:0 hisobida taslim etgan kanadaliklar chorak finalda Puerto-Rikoni xuddi shu hisobda mag'lub etdi. Biroq jamoa yarim finalda AQSHga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHunga qaramay, Kanada CONCACAF turniri orqali mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan to'rt jamoadan biri bo'ldi. 

Mundialga tayyorgarlik

Kanada jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida faqatgina Janubiy Amerika jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdi. Jumladan, Braziliyada ushbu mamlakat o'smirlari bilan ikki marotaba to'nash kelib, 1:3 va 0:5 hisoblarida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, bir hafta ilgari Indoneziyada Argentinaga 1:2 hisobida engildi.

Tarkib

"Qizillar" ustozi Endryu Oliveri mundialga quyidagi futbolchilarni chaqirdi:

Darvozabonlar

Abraham Nataniel (Toronto), KANTOROVICH Dominik (Toronto), OBRAYEN Aleksandr (Toronto).

Himoyachilar

RIGOPULOS Teo (Toronto), DE MONTINI Ge (Montreal), OMEZ Ximeri (Toronto), STEFANOVICH Lazar (Toronto), FONG Aidan (Vankuver), CHUKVU Richard (Toronto), FUNG Viktor (Inter Mayami, AQSH), GODIN Eten (Montreal), AKLIL Lino (Monpele, Franciya).

Yarim himoyachilar

BELLO Alessandro (Montreal), BADVAL Jivan (Vankuver), IGBINOBARO Filipp (Toronto), LONDONO Tayler (Toronto).

Hujumchilar

TAXID Tarik (Vankuver), KLYUKOVSKIY Antoniy (Pogon SHecin, Polsha), TAVERNE Kevon (Forge), POP Erik (Karlsrue, Germaniya), OZIMEK Lukas (Toronto).

Joriy musobaqadagi ishtirok

Kanada guruh bosqichining dastlabki turida Ispaniyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv to'liq evropaliklar nazorati ostida o'tdi. Bunga shimoliy amerikaliklarning 38-daqiqada bir kishi kam bo'lib qolgani ham sabab bo'ldi. raqibga nisbatan qo'pol o'ynab, maydondan chetlatilgan yarim himoyachi Alessandro Bello O'zbekistonga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Bellashuv davomida Kanada o'smirlari to'p nazorati borasida atigi 23% ko'rsatkich qayd etgan. Raqib darvozasi qarshisida 2 marotaba xavfli vaziyat yuzaga keltirgan, biroq birorta aniq zarba yo'llay olmagan. 

Ispaniyaga qarshi o'yinda jamoaning yagona zarbasi 51-daqiqada Tarik Tahid tomonidan ijro etilgan. O'ng qanotdan boshlangan qarshi hujumni natijasida markazdan to'pni qabul qilib olgan 7-raqamli forvard mo'ljalni noaniq oldi.

Kanadalik himoyachilar bo'ydor bo'lishiga qaramay, ko'p marotaba ikkinchi qavatdagi kurashda raqibga imkoniyatni boy berdi. O'tkazib yuborilgan birinchi gol ham bosh bilan urildi. Mark Giyu qanotdan oshirilgan to'pni darvoza to'ridan o'rin olishini taminladi. Ikkinchi golda esa ispanlar qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib bordi, Kuim Junent mukammal zarba bilan hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi. Ayni damda Kanada guruhda 3-o'rinni egallab turibdi.

O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Kanada U-17 murabbiyi qanday fikrda?

"Ilk uchrashuvdagi mag'lubiyatni qabul qilish futbolchilar uchun oson bo'lmadi. Qolaversa, bu yigitlar jahon chempionatida ilk marotaba maydonga tushgandi va o'zlari kutgan natijaga erisha olmadi. 

Mag'lubiyatga qaramay, ularda umid etarli, chunki keyingi ikki bellashuvda g'alaba qozona olsak, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bo'lamiz. 

Ispaniyaga qarshi bahsdan farqli o'laroq, O'zbekistonga qarshi o'yinga tayyormiz. Biroq mazkur to'qnashuv qiyin o'tadi. Sababi, har ikkala jamoaga g'alaba zarur va bunga erishish uchun jamoalar bor kuchini sarflaydi", dedi 42 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Kanadaga qarshi bellashuv bugun O'zbekiston vaqti bilan 17:00da start oladi. Mazkur o'yinda O'zbekiston termasi to'liq oq libosda, darvozabon esa to'q sariq libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni boliviyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Ivo Mendez, unga qanotlarda hamyurtlari Alberto Karlos va Rojer Apaza yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Toriq Munirga (Indoneziya) topshirilgan. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика