U-17 JCH. Bugun O'zbekiston Kanadaga qarshi maydonga tushadi
13 noy 2023 10:50
Yangiliklar
U-17 JCH. Bugun O'zbekiston Kanadaga qarshi maydonga tushadi
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun U-17 Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida 2-uchrashuvini o'tkazadi.
Kanadaga qarshi bellashuv O'zbekiston vaqti bilan 17:00da start oladi.
Mazkur o'yinda O'zbekiston termasi to'liq oq libosda, darvozabon esa to'q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvni boliviyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Ivo Mendez, unga qanotlarda hamyurtlari Alberto Karlos va Rojer Apaza yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Toriq Munirga (Indoneziya) topshirilgan.
U-17 Jahon chempionati
O'zbekiston - Kanada
13-noyabr. 17:00
"Manahan" stadioni. Surakarta
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar