U-17 Jahon chempionatiga qura tashlandi FOTO
08 iyu 2017 09:40
Yangiliklar
U-17 Jahon chempionatiga qura tashlandi FOTO
6-28 oktyabr kunlari Hindistonda o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Kecha ushbu mundialga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra dunyoning 24ta jamoasi 6ta guruhga bo'lindi. Musobaqa mezboni Hindiston terma jamoasi AQSH, Kolumbiya va Gana bilan kuch sinashadigan bo'ldi.
Osiyoning yana bir jamoasi Eronga Gvineya, Germaniya va Kosta Rika jamoalari raqiblik qilishadi. KXDR esa Niger, Braziliya va Ispaniya bilan bir guruhdan joy oldi.
Yaponiyaga qarshi Gonduras, Yangi Kaledoniya va Franciya o'smirlari kurashadi.
O'zbekistonni JCHdan mahrum qilgan Iroq o'smirlari Meksika, CHili va Angliya bilan bellashadigan bo'ldi.
O'smirlar o'rtasidagi mundial o'yinlari Hindistonning oltita shahrida bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar