So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

U-16 va U-19 Osiyo CHempionatlari final bosqichi qaerda o'tkazilishi malum bo'ldi Yangiliklar

U-16 va U-19 Osiyo CHempionatlari final bosqichi qaerda o'tkazilishi malum bo'ldi

U-16 Osiyo CHempionati-2016 hamda U-19 Osiyo CHempionati-2016 final bosqichlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar malum qilindi.

Unga ko'ra 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoalar o'ratsidagi Osiyo CHempionati kelasi yili Hindistonda o'tkaziladigan bo'ldi.

U-19 terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo CHempionati esa Baxraynda bo'lib o'tishi haqida qaror qilindi.

Ushbu musobaqalarning saralash bosqichlari o'tkaziladigan hududlar esa 5 iyun kuni bo'lib o'tadigan qura tashlash marosimidan keyin malum bo'ladi.

Takidlash kerakki, mezbonlar final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lganiga qaramay, Hindiston ham, Baxrayn ham saralash bosqichida qatnashishga qaror qilishdi.

U-16 Osiyo CHempionati saralash bosqichida jami 45ta jamoa ishtirok etadi. Ular ikki mintaqaga bo'linadi: G'arbiy va SHarqiy. G'arbiy mintaqada 24ta, SHarqiy mintaqada esa 21 jamoa.

G'arb mintaqasidagi jamoalar 4 jamoadan 6 guruhga bo'linadi. SHarqda bitta 5 jamoali hamda 4ta 4 jamoali guruhlar tashkil qilinadi.

Har bir guruhning g'oliblari hamda eng yaxshi natija ko'rsatgan to'rtta ikkinchi o'rin sohiblari CHempionatning final bosqichiga yo'l oladi. Saralashda qatnashishga qaror qilgan turnir mezboni - Hindiston agar o'zi ishtirok etgan guruh g'olibi bo'lsa yoki eng yaxshi natija ko'rsatgan to'rt jamoaning biriga aylansa, u holda ikkinchi o'rinlar orasida eng yaxshi natija qayd etgan 5-jamoa ham final bosqichiga yo'l oladi.

U-19 Osiyo CHempionati saralash bosqichida jami 43 jamoa ishtirok etadi. Ular ham0 ikki mintaqaga bo'linadi: G'arbiy va SHarqiy. G'arb mintaqasida jamoalar soni 25ta, SHarqda esa 18.

G'arb mintaqasidagilar bitta 5 jamoali guruh hamda beshta 4 jamoali guruhlarga bo'linadi. SHarq esa ikkita 5 jamoali guruh va yana ikkita 4 jamoali guruhlarga bo'linadi.

10ta guruhning g'oliblari hamda ikkinchi o'rinlar orasidan 5ta eng yaxshi natija qayd etgan jamoa final bosqichiga yo'l oladi. Agar Baxrayn o'z guruhida g'olib bo'lsa yoki eng yaxshi natija ko'rsatgan 5ta ikkinchi o'rindagi jamoalardan biri bo'lsa u holda ikkinchi o'rinni egallaganlar orasidan eng yaxshi oltinchi natijani qayd etgan jamoa ham final bosqichiga yo'l oladi.

O'zbekistonning har ikki yoshdagi terma jamoalari ham ushbu saralash bahslarida ishtirok etadi.

Hozirgi vaqtda O'zbekiston U-16 termajamoasiga Timur Olimxo'jaev boshchilik qilayotgan bo'lsa, U-19 terma jamoasida Jasur Abduraimov ish olib bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика