Tyuram PSJga o'tishni istamadi

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2023, 09:56
Markus Tyuram PSJga o'tmaydi.

Parijliklar bir necha marotaba futbolchi bilan aloqaga chiqishdi. Biroq, hujumchi PSJga rad javobini berdi. 

Tyuramning ushbu qaroriga bir necha omillar sabab bo'lgan. U hujum ortida o'ynashni istaydi, PSJda esa boshqa klublardan farqli ravishda bunga kafolat berilmagan. 

Yangi murabbiy va noaniq o'yin uslubi ham uning qaroriga ta’sir ko'rsatgan. 

Avvalroq "Borussiya M" futbolchisiga "Milan" va "Leyptsig" tomonidan qiziqish borligi haqida xabar qilingandi. U o'z klubini erkin agent sifatida tark etadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Équipe