Tuzatish: Yoshlarimiz Panamaga yutqazishmagan
24 may 2015 13:38
Yangiliklar

Tuzatish: Yoshlarimiz Panamaga yutqazishmagan
30 may kuni Yangi Zelandiyada start oladigan yoshlar (U-20) o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxt Velington shahrida yana bir kichik mundial ishtirokchisi Panama terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Avvalroq ushbu o'yinda yoshlarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edik. Malum bo'lishicha, ushbu uchrashuv aslida 2:2 hisobidagi durang natija bilan o'z yakuniga etgan. Demak, Ravshan Haydarov shogirdlari mundial oldidan o'tkazilgan so'nggi nazorat bellashuvida durang qayd etishdi.
Terma jamoamiz tarkibida gollarni Eldor SHomurodov hamda Sardor Azimovlar kiritishgan. Uchrashuv yakunlangandan keyin esa kelishuvga ko'ra, jamoalar penaltilar seriyasida ham kuch sinashib ko'rishgan. Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 5:3 hisobida g'alaba qozongan.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Panama yoshlari bilan o'yinni mana shu tarkibda boshlashdi.

Fikrlar