Tuxel transferlar uchun 200 million funt oladi
31 may 2021 21:47
Yangiliklar
Tuxel transferlar uchun 200 million funt oladi
Klub CHempionlar Ligasini qo'lga kiritdi, shuningdek, APLda kuchli to'rtlikka kira oldi. Rossiyalik milliarder nemis murabbiyini etarli mablag' bilan qo'llab-quvvatlashga tayyor.
The Telegraph nashrining yozishicha, Tuxel yozda 3–4 nafar o'yinchini sotib olish uchun 200 million funt sterling byudjetga ega bo'ladi.
Qayd etilishicha, "aristokratlar" bu pullarga markaziy hujumchi, himoyaga yaqinroq o'ynaydigan yarim himoyachi, shuningdek, o'ng qanot uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi. Nomzodlar orasida Xarri Keyn, Romelu Lukaku, Deklan Rays, Orelen Tchuameni, Adama Traore va Yonas Xofmann bor.
Bundan tashqari, Tuxel Ngolo Kante, Antonio Ryudiger, Tiago Silva va Andreas Kristensen bilan amaldagi shartnomalarni uzaytirishga umid qilmoqda.
Fikrlar