Tuxel: “Real” yana 5-3-2 sxemada o'ynashiga ishonchim komil emas"

Eldor Akmurzayev
4 may 2021, 21:50
“Chelsi” ustozi Tomas Tuxel YCHL 1/2 finalidan o'rin olgan “Real”ga qarshi ertangi javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini aytdi.

“Jamoa o'rgangan asosiy narsa – o'zimizga ishonishimiz kerak va biz yarim finalda bo'lishga munosibmiz. Ushbu darajaga munosib o'ynamoqdamiz. Ramos o'ynaydimi? Qiyin savol, chunki, buni shunchaki bilmayman. Bu ahamiyatga egami? Ha, katta ahamiyati bor. U oxirgi yillardagi eng yaxshi jamoaning sardori hisoblanadi. Biroq, bunga e'tibor qaratmasligiz lozim. O'ylashimcha, u ilk daqiqalardan maydonga tushadi va bunga tayyor turishimiz kerak bo'ladi.

Maqsad – butun o'yin davomida intensivlikni saqlab qolishdir. Bu yarim final, pley-off o'yini, shu sabab bosim juda yuqori. Ma'lum darajadagi ishonch va qatiyatlik bo'lmasa, bizda birorta imkoniyat ham bo'lmaydi.

“Real” yana 5-3-2 sxemasida o'ynashiga ishonchim komil emas, ular 4-3-3 modelidan ham foydalanishi mumkin. Bu o'yinga ta’sir o'tkazish ehtimoli bor. Mening fikrimcha, gap “Real”ning qanday sxemadaligi emas, balki biz qanday o'ynashimizda. Etarlicha jasorat ko'rsata olarmikinmiz”, deydi nemis mutaxassisi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA