Tuxel: "PSJga futbolchilar kerak!"
28 jan 2019 12:48
Yangiliklar
Tuxel: "PSJga futbolchilar kerak!"
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa transferlar amalga oshirmayotganidan nolidi.
Nemis mutaxassisning so'zlariga ko'ra, u "Zenit" yarim himoyachisi Leandro Paredes bilan shartnoma imzolanishini kutmoqda.
"Biz Paredesni kutyapmiz. Menga hammasi joyida deyishdi, ammo bunday emas. Havotirdaman, bizga futbolchilar kerak! Neymar ham jarohatlangan. Leandroni kutyapmiz, ammo u yo'q.
Hammasi o'tgan yili boshlangandi, ammo Verratti va Neymar jarohati bilan hammasi jiddiylashib ketdi. Biz mo'jiza yarata olmaymiz. Maydon markazida futbolchilar etishmayapti. Transfer oynasi tez orada yopiladi. Nima deya olaman? Oldimizga qo'yilgan maqsadlarimiz bor, ularga erishish uchun bizga futbolchilar kerak" - deydi nemis mutaxassisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar