Tuxel “PSJ” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
26 mar 2018 23:44
Yangiliklar


Tuxel “PSJ” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Dortmundning “Borussiya” klubi sobiq ustozi Tomas Tuxel murabbiylik faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
Germaniyalik 44 yoshli mutaxassisga Franciyaning “PSJ” klubi xaridor bo'lmoqda. Avvalroq Tuxel “Bavariya”dan tushgan taklif rad etgandi. Uni Arsen Vengerning o'rniga “Arsenal”ga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilayotgandi.
So'nggi malumotlarga qaraganda, Tomas “Arsenal”ni boshqarmaydi. U mavsum yakunlanganidan so'ng “PSJ”ni qabul qilib oladi. Bild nashri ham Tuxelning “PSJ”ga bosh murabbiy bo'lishini yozdi. Variantlar orasida “CHelsi” ham bor.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar