Tuxel Paredesning o'yinidan norozi
08 apr 2019 09:30
Yangiliklar


Tuxel Paredesning o'yinidan norozi
PSJ ustozi qishda jamoa safiga qo'shilgan Leandro Paredesning harakatlaridan qoniqmayapti.
Malum qilinishicha, Tomas Tuxel “Zenit”dan olib kelingan argentinalik Leandro Paredesni asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ko'rmayapti. Nemis murabbiyi futbolchini Franciya chempionatiga moslashib keta olmadi deb hisoblamoqda. Paredes joriy mavsum ichki chempionatda 12 ta o'yinda qatnashdi va bitta ham samarali harakatni amalga oshirmadi.
Malumot uchun, futbolchi qishki transferlar vaqtida 45 mln evro evaziga PSJga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar