So’nggi yangiliklar

Tuxel: "Neymar - Evropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri, ammo PSJda bundaylar ko'p" Yangiliklar

Tuxel: "Neymar - Evropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri, ammo PSJda bundaylar ko'p"

Teglar :  NeymarTomas Tuxel
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Crvena Zvezda"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvidan (6:1) so'ng, xet-trik qayd etgan Neymra haqida fikr bildirdi.

"Biz "Crvena Zvezda"ning ko'plab o'yinlarini tomosha qildik va ular himoyada yaxshi harakat qilishiga etibor qaratdik. Boshqa jamoalar ularga gol urishga qiynalgan bo'lardi. ULar 34ta o'yinda mag'lub bo'lishmagan. Bu g'alaba oson qo'lga kiritildi deyishingiz mumkin, ammo aslida bunday emas.

Neymar - Evropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Ammo jamoamizda bundaylar ko'p. Biz ko'plab bahslarda g'alaba qozondik, chunki jamoamizda iqtidorli futbolchilar bor va PSJ jamoa sifatida kuchli. Neymar o'z jismoniy holati va o'yinidan mamnun. Buni maydonda ko'rishingiz mumkin" - deydi Tuxel.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика