Tuxel Kepaga imkoniyat berishga tayyor
11 fev 2021 14:55
Yangiliklar


Tuxel Kepaga imkoniyat berishga tayyor
Londonning "CHelsi" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning ispaniyalik darvozaboni Kepa Arrisabalaganing kelajagi haqida gapirdi.
"Men unga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berishga tayyorman. Kepa Angliya Kubogidagi "Barnsli"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Uni London klubida bo'lmagan paytda ham kuzatganman.
Balki unga "CHelsi" uning transferi uchun to'lagan katta pullar bosim o'tkazayotgandir. Hozir uning uchun barchasi boshlanmoqda", - deydi germaniyalik mutaxassis.
Arrisabalaga joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 6ta to'p olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar