Tuxel faoliyatidagi eng alamli mag'lubiyatni aytdi
27 fev 2021 20:55
Yangiliklar


Tuxel faoliyatidagi eng alamli mag'lubiyatni aytdi
“CHelsi” ustozi Tomas Tuxel PSJ boshqaruvida ECHL doirasidagi MYUga qarshi bahsni esga oldi.
2018/19 yilgi mavsum 1/8 finalida parijliklar “Old Trafford”da 2:0 hisobida zafar quchgan, ammo javob bahsida raqiblariga 1:3 natijasi bilan engilgan holda musobaqa bilan xayrlashishgandi.
“O'sha bahsdan keyin 2 kun mobaynida juda tushkun kayfiyatda bo'lgandim, hech kim bilan gaplasholmasdim va mag'lubiyatimizdan boshqasini o'ylay olmadim. Bu faoliyatim davomida boshimdan o'tkazgan eng alamli mag'lubiyatdir. Bu yo'q joydan kelib chiqdi. Haqiqatan yo'q joydan, o'yinning xarakterini hisobga olgan holda”, deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar